Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
72 
library.ziyonet.uz/ 
 
Ki, har burchidagʻi oʻrgamchi Kayvon.  
Bu ayvon ichra bir taxti murassa’,  
Aning ustida yuz jinsi mulamma’.  
Bular ustida tigʻi obdori,  
Kelib parronligʻ ichra Zulfiqori
(4)
.  
Aning yonida bir qalqonki, aflok  
Topibon qubbasin xurshedidek pok
(5)
.  
Yozilgʻon safhai anda bu mazmun  
Ki: «Ulkim yor oʻlub baxti humoyun.  
Bu qalqonu qilich tushsa eliga,  
Birin osib, birin bogʻlab beliga.  
Agar yuz dev birla qilsa novard,  
Zamon ichra chiqorgʻay borchadin gard  
Ki, qalqon qubbasida misli xotam,  
Sulaymon yozdurubtur ismi a’zam.  
Budur xosiyatikim yuz tuman dev,  
Desakim zohir etkay makr ila rev.  
Bu qalqonni yoringʻon bemadoro  
Ki ism oʻlgʻay alargʻa oshkoro.  
Barining raykari nokor boʻlgʻay,  
Qaro tufrogʻ ila hamvor boʻlgʻay.  
Qilichda dogʻi ismedur bitiklik  
Ki, ul bu ismdin tormish itiklik.  
Aning xosiyati bukim muhorib,  
Agar bu tigʻ birla boʻlsa zorib.  
Kishikim boʻlmagʻay shoyistai tigʻ,  
Tani boʻlmogʻay oning xastai tigʻ.  
Vale yetkach iki boʻlgay yamonni,  
Shayotini lainu Ahramanni».  
Bu ikki tuhfani chun torti Farhod,  
Yarotqongʻa sujud etti boʻlub shod.  
Oʻpub ul tigʻ ila qalqonni olib,  
Beliga bogʻlabu boʻynigʻa solib.  
Ravon boʻldi xiromon seli sori,  
Minib surdi sirohu xayli sori.  
Chu ul ajdar bila qilgʻonda novard,  
Tutub erdi jahonni qiyrgun gard.  
Sirohining koʻri borib oʻzidin,  
Bu gʻoyib hushluqlarning koʻzidin.  
Chiqib chun keldi ul ofot ichidin,  
Sikandar uylakim zulmot ichidin.  
Chekib xoqonu Mulkoro figʻonlar,  
Fido aylab sirohu xayli jonlar  
Ki, ul tormay gazand andoq balodin,  
Xalos oʻlmish aningdek ajdahodin.  
Biriga qatlidin oning xabar yoʻq  
Ki, olamda ul ajdardin asar yoʻq.  
Chu kayfiyatni fahm etti atosi,  
Dedi jon aylagay oning fidosi.  
Yeli ham onglagʻoch aytib sanolar,  
Dedilar koʻz yoshi birla duolar.  
Chu qildi togʻ mushkoso shamoli,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin