Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
73 
library.ziyonet.uz/ 
 
Muanbar gardidin olamni xoli.  
Radidor oʻldi mehri xovari ham,  
Koʻrundi ajdahoning raykari ham.  
Bilindi vodiyu togʻi koʻrundi,  
Eshigi gʻorning dogʻi koʻrundi.  
Surub gʻor ogʻzigʻa Farhodu xoqon,  
Ul ajdardin tamomi dasht aro qon.  
Chekib xoqongʻa ul ganji kiromi  
Ki, boʻlgʻay xayligʻa in’omi omi.  
Ul ikki tuhfaning kayfiyatin deb,  
Bitilgan har biri xosiyatin deb.  
Boʻlub ul ganjdin xoqon tarabnok  
Ki, oʻz ganjidin ortuq etti idpok.  
Vale ul ikki naqdi bebahodin,  
Togʻi ul ikki boʻlgʻon ajdahodin.  
Nishoti boʻldi mufrit, daf’ oʻlub ranj  
Kim, ul xushroq koʻrundikim iki ganj.  
Yetak sori cherikka berdilar mayl  
Ki, tutmish erdi sahroni qizil sel.  
Tushurdilar cherikni xurramu shod,  
Boʻlub ajdar gʻamidin barcha ozod.  
Ne xushdur ajdar oʻlmak ranj birla,  
Kishi qilmoq tana’um ganj birla.  
Alar ul ajdahodin forigʻulbol,  
Boʻlub ganji farogʻat birla xushhol.  
Quyosh Farhodi chun tortib sinon tez,  
Qaro togʻ ajdarigʻa boʻldi xunrez.  
Shafaqdin koʻkni andoq tutti qoni,  
Ki boʻldi yerdagi qondin nishoni.  
Alar ham aysh uyin omoda aylab,  
Shabiston ichra azmi boda aylab,  
Tuzub bazmi falak boʻstoni yangligʻ,  
Ichib gulgun may ajdar qoni yangligʻ.  
Ketur soqiy, mayu boʻl gʻamgusorim,  
Demaykim gʻamgusorim, yori gʻorim  
Ki, boʻlgʻay anda ajdar qonidek rang,  
Sochay ganj, ichmagiga qilsam ohang. 
[XXIII] 
Farhodning devbodxiromliq devzodi ustiga sekrib Ahraman beshasi azmigʻa sekratib ul 
vahshatzoy, balki savdoafzoy beshagʻa kirib, Ahraman manziligʻacha surub yetgoni va Rustam
(1)
 
Mozandaron
(2)
 beshasida dev oʻlturgʻondek ul besha Ahramanin qatl etgoni va Ahramanvash 
raxshin Ahraman qasrigʻa surgoni va Sulaymon xotamin ilgiga kiyurgoni va yonib xoqon bila 
xaylin boshlab ul manzilda tushgan 
Chu serti dahr tun mushkiga kofur,  
Sochildi Ahraman anfosidin nur.  
Tutub holigʻa tun ifriti motam,  
Sulaymoni falak koʻrguzdi xotam.  
Yana Farhod oʻlub ish azmigʻa chust,  
Beliga harb tigʻin bogʻlabon rust,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin