Kelib Xoqongʻa istiqbol rayvand.
Yana ul mulkning yaxshi-yamoni,
Taqabbul aylabon moli amoni.
Qoʻyub yuz ul falakqadr ostongʻa,
Berib kishvar shahi kishvarsitongʻa.
Qilib shah borchagʻa lutfu inoyat,
Yetib har xayl maqdurin rioyat.
Koʻp aylab ahli hikmat ehtiromin,
Qilib har qaysining ta’yin maqomin.
Chu aylab dastboʻsidin sarafroz,
Alar aylab duou midhat ogʻoz.
Chu topib bori hikmat ahli taskin,
Qilib bunyod shohi hikmatoyin
Ki: «Biznikim, sirehri muxtalifroy,
Bu kishvar sori qildi dashtraymoy.
Emas erdi mamolik fathi maqsud,
Erur erdi maholik fathi maqsud
(3)
.
Bu boʻlmish xotiri oligʻa ma’lum
Ki, bu kishvardadur bir marz ila bum
Ki, boʻlmish anda togʻe oshkoro,
Ayogʻdin-boshigʻa bir rora xoro.
Erur xoro ichinda tiyra gʻore,
Nechukkim furqat ichra shom tori.
Topib ul tiyraliq Suqrotdin nur,
Nechukkim Mushtariydin shomi dayjur».
Anga yetguncha uch manzilda bir-bir,
Nechukkim bilmish erdi qildi taqrir.
Soʻzin qilgʻoch bayon soʻrdi nishoni
Kim: «Andoqkim bilursiz ayting oni.
Ki, qaysi sori bu maqsad ayondur,
Masofat ne qadardur, yoʻl qayondurgʻ»
Yer oʻrtilar, qurub ul xayli dono
Ki: «Shoh oʻz komigʻa boʻlsun tavono.
Bu soʻzkim shah soʻrar andin nishona,
Bu mulk ichra hakimedur yagona.
Oʻtub besh yuzdin ayyomi hayoti,
Suhayloyi hakim el ichra oti,
Erur Yunonda Suqroti zamon ul,
Tutub Suqrotdek gʻori nihon ul.
Tariqi inzivodur virdi oning,
Hunarda borchamiz shogirdi oning.
Bilur ul, ahli hikmatning ranohi,
Bu ishning borcha ahvolin kamohi.
Eshitkon birla bizlar ham bilurbiz,
Ne soʻzkim shah soʻrar, sharhin qilurbiz.
Va lekin chun bu ma’ni toru rudi,
Emas tahqiqimiz, yoʻq nukta sudi.
Nechuk bilmay degay soʻz ahli hikmat,
Xususan soʻrsa oni ahli davlat.
Bu mushkil nukta hallin ul qilur, ul,
Aning sori buyursang boshlali yoʻl».
Chu shah topib bu ma’nidin nishona,