Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
63 
library.ziyonet.uz/ 
 
Taxayyul qildi etmak oni mahbus.  
Yana habsigʻa ham qilmay tahammul,  
Davosin ayladi mundoq tahayyul —  
Ki, oning koʻnglini ozurda qilmay,  
Hayoti gulbunin rajmurda qilmay.  
Cherik solgʻay Xitou mulki Chingʻa,  
Yurub chekkay sirah Yunon zamingʻa.  
Angacha oʻgʻligʻa hamroh boʻlgʻay,  
Yomon-yaxshisidin ogoh boʻlgʻay.  
Yetarga ulcha aylabtur ipoda,  
Zamoni kirgusi mumtad apoda.  
Anga tegru erur qilgʻon xayoli,  
Koʻnguldin chiqmagʻining ehtimoli.  
Muyassar gar emas bu ul zamonda,  
Ne Haqdin kelsa koʻrgay oni onda.  
Chu bu andesha tushti koʻngligʻa xoʻb,  
Ravoni dedi Mulkorogʻakim: «Qoʻr!  
Borib Farhodning ollinda bir-bir,  
Borisin daf’a-daf’a ayla taqrir».  
QOʻpub dastur aning sori urub gom,  
Debon har nuktakim shoh aylab e’lom.  
Koʻrub shahzoda hosil muddaosin,  
Hamul ishda atosining rizosin.  
Bilibkim, gar desa yolgʻuz borurmen,  
Bu ishni oʻz qoshimdin boshqorurmen.  
Emas ul ish muruvvat iqtizosi,  
Boʻlur ul gʻamda musta’sal atosi.  
Ato yoʻqkim, tushar kishvarga oshub,  
Ne kishvar, gunbadi axzargʻa oshub.  
Rizo izhor etib, dedi, ravon boʻl,  
Qil andoqkim tutoli ul taraf yoʻl.  
QOʻpub, dastur oʻlub maqsudi hosil,  
Kelib xoqonni dogʻi qildi xushdil.  
Cherikka aylabon miodu buljor,  
Tavochi har taraf yetkurdi ul jor
(3)
.  
Kel, ey soqiy, ki oʻtti aysh chogʻi,  
Manga tut emdi otlonur ayogʻi.  
Dimogʻimdin olib bir jom ila hush,  
Meni qil devbandu, ajdahokush. 
[XXI] 
Xoqonning Farhod jihatidan Yunon mulkiga siroh tortqoni va ul kishvar hukamosi aning gardi 
sirohidin koʻz yorutub, yorutqon koʻzlarin alarning oyinai ruxsori bila jilo bermoqlari va ul oy va 
quyoshning anjumkirdor hukamo anjumani bila Suhayloyi hakim gʻorigʻa bormoqlari va 
Suhaylo
(1)
 rartavi iltifotin alar ahvoligʻa solib, «Jomosr»
(2)
 ahkomi bila Farhodning 
balandaxtarliq mujdasin berib, Suqrot gʻorigʻacha manzil-bamanzil rahnamoyliq qilib, umri 
kavkabi ul togʻda gʻurub qilgʻoni va Farhodning ul kavkab rartavi bila hayrat shomida 
Kishikim torti ma’ni shohrohin,  
Bu yangligʻ chekti soʻz xaylu sirohin.  
Ki, xoqon onglabon ul ish gʻanimat  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin