Yaqin erdiki tarki hush qilgʻay,
Yana avval yiqilgʻondek yiqilgʻay.
Tuman ming uzr qoʻlmoq birla qoʻrti,
Ayogʻlarigʻa yuz surtub yer oʻrti.
Dedi: «Bilmon, ne holat dast bermish
Ki, sizga mujib ushbu motam ermish.
Bu ish gar xoʻb, agar zisht erdi bori,
Manga, billah, yoʻq erdi ixtiyori.
Tutung ma’zurkim, rasvo boʻlubmen,
Demay rasvo boʻlubmenkim, oʻlubmen.
Boʻlung xush botinu zohirda mendin,
gʻubore asramang xotirda mendin».
Bu yangligʻ zohir aylab koʻp malolat,
Berib xotirlarigʻa istimolat.
Koʻzi birla tili garchi bu sori,
Va lekin jonu koʻngli koʻzgu sori.
Alar bu nuktalardin shodmona,
QOʻpub uylarga boʻldilar ravona.
Bu yangligʻ chun alargʻa chora qildi,
Yana ul koʻzguga nazzora qildi.
Burungʻudek yuzi erdi qorangʻu,
Hakimikim yasogʻondur bu koʻzgu
(3)
.
Tilismin boʻyla qilgʻondur radidor
Ki, har shakl ondakim boʻlgʻay namudor.
Chu nozirgʻa tamosho hosil oʻlgʻay,
Yana hosil tilismi botil oʻlgʻay.
Chu Farhod ul talabdin boʻldi navmid,
Oʻzin koʻrdi gʻamu mehnatda jovid.
Dedi chun oʻlgali gʻamdin yovushti
Ki: «Oh ish tushti, ammo sa’b tushti.
Agar qilsam oʻzumni rora-rora,
Chu matlub oʻlmagʻay hosil, ne choragʻ!
Burun andinki kuygay joni zorim,
Junun olgʻay ilikdin ixtiyorim,
Kerakdur choraye andesha qilmoq,
Xirad rasmini da’bu resha qilmoq.
Takalluf aylabon boʻlmoq xiradmand
Ki, boʻlgʻay shoh koʻngli shodu xursand.
Chu raydo boʻldi aylar ish yarogʻi,
Menu ul dam baloyi ishq dogʻi.
Yoʻq ersa emdi betoqatliq etsam,
Boshimni olibon bir sori ketsam,
Muqarrardurki shohi kishvaroro,
Zamone qilmayin sabru madoro.
Qilur yuz ming cherik ta’yinki filhol,
Meni istab Toparda qilmay ihmol:
Alar Chin mulkida har yon chorarlar,
Iki-uch kundin oʻtkarmay Toparlar.
Agar razm aylasam koʻrgach sirahni,
Kerak qatl aylamak koʻp begunahni.
Chekay farzan urushqa tigʻi roʻlod,
Yoʻq elga, oʻzuma aylay bu bedod.