Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
88 
library.ziyonet.uz/ 
 
Tariqi ishq ichinda yaxshi oting».  
Bularni aytib, oʻrgatti duoye  
Ki: «Kelsa ollinga bandu baloye,  
Oʻqurgʻa bu duo chun moyil oʻlgʻung,  
Bori bandu balolardin qutulgʻung.  
Yana koʻzgu ishikim hodis oʻldi.  
Sanga bu yon kelurga bois oʻldi.  
Sikandarning tilisminkim ushotting,  
Xadangikim ul oʻrchinlukka otting  
Kim, oʻq tegdi oning oyinasigʻa,  
Oʻtub boʻldi tarozu siynasigʻa.  
Burungʻi koʻzgukim ashkingni sochti,  
Bu oʻq oning tilismin dogʻi ochti.  
Yonib mundinki Chin shahrigʻa yetkung,  
Hamul koʻzguni koʻrmak mayli etkung.  
Nekim keynida yozmish raykaroro,  
Sanga yuzinda boʻlgʻay oshkoro.  
Ani koʻrgach yetib ishq ibtilosi,  
Boʻlub oshiqligʻingning ibtidosi.  
Yana har necha boqsang koʻrmagung hech,  
Ishing sarrishtasigʻa tushkusi rech.  
Boʻlub ojiz ishingdin ahli tadbir,  
Boshinggʻa kelgusidur ulki taqdir.  
Nechakim boʻlgʻusi holing tabohi,  
Falakka yetkusi koʻnglungning ohi.  
Vale tortib sirahlar ishqi matlub,  
Aningdek qilgʻusi koʻnglungni magʻlub  
Ki, ondin bir nafas gar boʻlsang ogoh,  
Koʻp ortuqroqqi ming yil boʻlgʻosen shoh.  
Chu men ham qildim oxir xayrboding.  
Murodim buki yetkach ul muroding,  
Hujumi ishq tugʻyonida gohe  
Sogʻingʻoysen meni ham tortib ohe».  
Chu dono chekti bu gʻoyatgʻa soʻzni,  
Bas etti soʻzni dogʻi yumdi koʻzni.  
Chekib Farhod hijronida vaylo,  
Uzun yoʻl tutti andoqkim Suhaylo.  
Koʻrub Farhodi mahzun oʻyla holat,  
Koʻzidin yogʻdurub ashki malolat.  
Base yigʻlab nechukkim ahli motam,  
Aning holigʻa, oʻz ahvoligʻa ham.  
Tilab Xoqonu Mulkoroni darhol,  
Alar dogʻi Koʻrub ul rurxatar hol.  
Ikov xud toshqori oʻlmokka yetib,  
Nekim dono bayon aylab eshitib.  
Tilab bir necha donovash kishini,  
Saranjom ettilar dono ishini.  
Berib qabrigʻa oncha vaqfdin bahr  
Ki, ul togʻu navohini qilib shahr.  
Chu ul ma’mura vaz’in qildilar tuz,  
QOʻpub sarchashma sori qoʻydilar yuz.  
Siroh ichra tushub Xoqonu Farhod,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin