Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
85 
library.ziyonet.uz/ 
 
Hakimi charx aning ollinda shogird.  
Muzakko ruhdin jismi namudor,  
Mujarrad aqldin shaxsi radidor.  
Yetakni togʻdek tortib jahondin,  
Nechukkim togʻ tebranmay makondin.  
Safosi la’l yangligʻ oshkoro,  
Libosi la’li ravshan uzra xoro.  
Boʻlub xoro sirehrida jahone,  
Jahon jismida yoxud toza jone.  
Jahonni qoʻyki, oliyshon vujudi,  
Jahonda olami kubro namudi.  
Kelib koʻngli aningdek bahri zoxir  
Ki, anda zohir avval to ba oxir.  
Toʻla durluq sadaf yangligʻ boʻlub Kim,  
Bu daryo ichra yuz ming charxu anjum.  
Yuzi mir’oti anvori Ilohi,  
Ilohiy sirrini anglab kamohi.  
Xayining qatrasi tomgʻonda bir-bir,  
Sochib anjum kibi olamgʻa ta’sir.  
Boʻlub gʻorida har dun ankabuti,  
Bir usturlobi
(7)
 gardun ankabuti.  
Falakdek tab’i soyir, jismi sokin,  
Safar aylab, vale yoʻq sayr mumkin.  
Sirehri hilm zotidin huvaydo,  
Shukuhi ilm ruxsorida raydo.  
Koʻrungach bu sifat oliy guhar zot,  
Boʻlub xam ollida yer oʻrtilar bot.  
Shukuhidin boʻlub betob tanlar,  
Koʻngullar za’f etib, titrab badanlar.  
Koʻz ochti chun amini maxzani roz,  
Alarni qildi soʻrmoq birla e’zoz  
Ki, muhlik yoʻl mururidin nechuksiz,  
Baliyoti zaruridin nechuksizgʻ  
Quyi solib bori boshlarni filhol,  
Javob ayturgʻa tillar sarbasar lol.  
Dedi xoqongʻakim: koʻp chekting emgak,  
Yevazlar bergusidur Tengri beshak.  
Bizing soriki kelding koʻp chekib ranj,  
Agarchi yoʻlda roʻziy boʻldi koʻp ganj.  
Adadsiz javharu naqdi kiromi,  
Sulaymon xotami, Jamshed jomi.  
Yana ham ikki mujda yetkururbiz,  
Qoʻlunggʻa ikki javhar torshururbiz.  
Biri bu ikki javhardin xabardur,  
Biri bir javhari oliy asardur
(8)
.  
Xabar bukim, hayoting koʻp yil oʻlgʻay,  
Dagʻi koʻp mulk fathi hosil oʻlgʻay  
Ki, ajdodingda qilsang necha fikrat,  
Yoʻq oʻlgʻay sencha surgan umru davlat.  
Yana bir muhrayedur naf’liq, bil  
Ki, chun qolgʻung jahon mulkida koʻp yil.  
Agar za’feyu ranje boʻlsa tori,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin