Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
83 
library.ziyonet.uz/ 
 
Aning keynicha surdilar takovar.  
Xaloyiqqa azimat koʻsi urmay,  
Cherikni chashma boshidin koʻchurmay.  
Ming, ikki mingcha xosul xos xodim,  
Boʻlub xoqon rikobida mulozim.  
Surub Farhod keynicha shitobon,  
Yetishtilar qilib qat’i biyobon.  
Aning birla boʻlub ul yoʻlda hamroh,  
Kesarlar erdi vodi xayl ila shoh.  
Yetishgach togʻning domonasigʻa,  
Hakimi ahd xilvatxonasigʻa  
Solib koʻz, koʻrdilar hadsiz biyik togʻ,  
Yer oning zaylida bir toʻda tufrogʻ
(4)
.  
Zuhal boshigʻa yetib boshi oning,  
Falak jomin ushotib toshi oning.  
Yigʻochi soyasida charx koxi,  
Quyiroq shoxasidin sidra
(5)
 shoxi.  
Urub tigʻi falak jismigʻa suhon,  
Oʻtub ul jismdin andoqki koʻhon.  
Bukim koʻktin oʻtub suhonliq aylab,  
Falak buxtisigʻa koʻhonliq aylab.  
Qamar ojigʻa suhonidin andom,  
Taharruk ojgʻa, suhongʻa orom.  
Aning avjida qorikim radidor,  
Qirilgʻon oj ushogʻidin namudor.  
Koʻrunub takasidin Jady roya,  
Asad qorlonining ostida soya.  
Chiqib javfida yuz ming chashma raxshon,  
Biri ul jumladin mehri duraxshon.  
Giyoh anda tuman ming borcha nofe’,  
Adadsiz ranjgʻa har qoysi dofe’.  
Biyiklik ichra toʻqquz osmoncha,  
Tubining davrasi ikki jahoncha.  
Ayon atrofida raygʻora
(6)
 bisyor  
Ki, idpokida boʻlmay aqlu his yor.  
Yoʻq anda gʻorning boshi-ayogʻi,  
Ne oning uchi raydo, ne qirogʻi.  
Aningdek har birining javfi tira  
Ki, andin mehri anvar sham’i xira.  
Agar kirsa anga badri muniri,  
Koʻrunub tiyralikdin qursi qiri.  
Bu yangligʻ tira har birning savodi,  
Savodi ichra har yon togʻu vodi.  
Oqib vodida yuz daryoyi xunxor,  
Togʻ ichra xud ming ajdarhoyi xunxor.  
Yetib ul togʻ aro shahzodau shoh,  
Chu boʻldilar bu kayfiyatdin ogoh.  
Qilib Xoqonni hayrat lolu ojiz  
Ki, bilmas erdi mundoq yerni hargiz.  
Boʻlub ul choragʻa Farhod mulham,  
Berib shah birla xayligʻa koʻngul ham.  
Dedikim: «Hozir aylang jomi Jamni  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin