Qoʻyub ul ganju jomi xusravona,
Yonib xayli sori boʻldi ravona.
Yetib sarchashmagʻa mindi takovar,
Ravon Xoqon sori surdi dilovar.
Yetib Xoqonu xaylin shod qildi,
Tuman ming qaygʻudin ozod qildi.
Yetib bori cherikka rohbarliq,
Alar keynicha aylab raysirarliq.
Anga tegruki ul sarchashma erdi
Ki, anda Xizr anga ta’lim berdi.
Tushurdi sarbasar xaylu sirahni,
Olib boʻldi ravon dasturu shahni.
Angachakim bor erdi sheru darband,
Yana to ul hisori charxrayvand.
Ichinda bor ekan zohir xazoyin,
Bulardin ayru har maxfiy dafoyin.
Borin Xoqongʻa chekti tuhfaoyin,
Anga tegruki ul jomi jahonbin.
Debon yuz nav’ shukri Ezidi pok,
Yonib manzilgʻa keldilar tarabnok.
Qamar Farhodi chun koʻrguzdi jismin.
Buzub kunduz hisorining tilismin.
Sikandardek kirib zulmatga xurshed,
Tilism ichra yoshundi jomi Jamshed.
Alar topib yana ishratqa asbob,
Solib jomi Jam ichra bodai nob,
Surub gohi Sikandardin tarona,
Debon Jamsheddin gohi fasona.
Kel, ey soqiy, tuzub ishrat maqomin,
Quyub may, tut manga Jamshed jomin.
Sikandar koʻzgusini aylab ifsho,
Qilay Jamshedning jomin tamosho.
XXV Farhodning Iskandar tilismin ochib, xoqon va Mulkoro bila Suqrot togʻigʻa azimat qilmogʻi va ul
togʻning irtifo’da falakdin bosh oʻtkarganidin sarguzashti aytmoq va tiyra gʻorlarning har biri
hijron tunidin savod koʻrguzganidin afsona demak va Farhod jomi jahonnamoda aqolimi sab’a
mamolikin taqsim qilib Suqrot gʻorin torqonidin yoʻl koʻrguzmak va jom rartavida yoʻl ohangi
qilmogʻidin tarona tuzmak va alargʻa Suqrot gavhari togʻ konida lome’ boʻlub tilism mushkilin
«koniyan minkon»
(1)
ravshan qilmogʻi va ul gavhari adam konigʻa kirib bu sayrafiylar
(2)
maqsudin gavharin iliklab qaytmoqlarni kayfiyatining aytilmogʻi
Sahar Suqroti chun togʻ avji tutti,
Jamoli nuri olamni yorutti.
Sirehr avroqidin asbobi oning,
Quyosh jirmidin usturlobi oning
(3)
.
Yana Farhod istab ishga somon,
Minib tavsan uza boʻldi xiromon.
Yuz urdi betaammul togʻ sori
Ki, anda dedilar Suqrot gʻori.
Ravon xoqonu dasturi hunarvar,