Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
84 
library.ziyonet.uz/ 
 
Ki, el koʻnglidin olsun bu alamni».  
Ravoni boribon kelturdilar jom  
Ki, andin mushkil ish torqay saranjom.  
Anga qilgʻoch nazar istab kushoyish,  
Jahon timsoligʻa torti namoyish.  
Qayon boqqach qilib, ravshannazarliq  
Bir iqlim etti zohir jilvagarliq.  
Burun ofoq mulkin qildi taslim,  
Judo qildi yako-yak yetti iqlim.  
Mamolik jilvasidin koʻzni yorti  
Ki, Yunon mulkin ul jom ichra torti.  
Qilib har yon nazarlar xaylin iblogʻ,  
Anga yetkurdikim bor erdi ul togʻ.  
Chu togʻ ahvolini qildi shumora,  
Yetib har gʻorning javfin nazora.  
Nazar torti hamul gʻor ichra anjom  
Ki, tormish erdi Suqrot anda orom.  
Topib koʻp fikr ila gʻor ogʻzigʻa yoʻl,  
Kishi torqon kibi yor ogʻzigʻa yoʻl.  
Dedikim: olibon kirdilar avval,  
Jahonbin jomni, andoqki mash’al.  
Olib kirganki oni yoʻlgʻa tutti,  
Qarongʻu tunni kunduzdek yorutti.  
Qilib ul jomdin nur oʻyla ta’sir  
Ki, mash’al rartavi qilgʻonda shabgir.  
Surub gʻor ichra yuz ofot ichinda,  
Sikandar oʻylakim zulmot ichinda.  
Chu boʻldi Xizrdin ul yoʻl nishoni,  
Torildi nogah obi zindagoni.  
Hamul yerdin ayon boʻldi nishona  
Ki, maxfiy erdi Suqroti yagona.  
Nishona ulki yoʻlgʻa yetti gʻoyat,  
Qaro tunga yetishgandek nihoyat.  
Qilib markablaridin tushkali mayl,  
Shahu shahzoda, balkim jumlai xayl.  
Torildi chun bu yangligʻ turfa voya,  
Koʻrundi toshdin bir zinaroya.  
Chiqib shahzoda birla shoh ikavlo,  
Vaziri kordon birla uchavlo.  
Besh-olti roya chiqqoch boʻldi raydo,  
Fazoyi anda ayvone huvaydo.  
Yurugoch ul sori shahzodau shoh,  
Koʻrundi toʻrida bir turfa dargoh.  
Tutub dargoh aro bir lahza orom,  
Solib rartav hamul getinamo jom  
Ki, keldi uy harimidin nidoye,  
Nido, kirmak uchun erdi saloye.  
QOʻpub chun kirdilar rurshoʻrxotir,  
Koʻngul uyiga andoqkim xavotir.  
Uy ichra koʻrdilar bir rorai nur,  
Boʻlub ev rartavidin bayti ma’mur.  
Boʻlub bir burj ichinda mehrdek gird,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin