Havo tab’ida issigʻ boʻyla kori,
Ajabroq buki oning tab’i nori.
Anga yubsu harorat boʻldi vorid,
Ilojidur havoyi rutbu borid.
Muningdek erki kasb etgay iloj ul,
Erur daryo aro besh kunchilik yoʻl.
Tushubtur davri oʻn shar’iy jazira
Ki, ta’rifida qolur aql xira.
Chekib bosh ul jazira ichra togʻe,
Bu togʻ uzra yeti-sekkiz bulogʻe.
Muhit ul chashmalar davrida daryo,
Falak bahri sogʻin dogʻi Surayyo.
Jazira davrida suvdin rutubat,
Vale avjida sovugʻdin suubat.
Biyik ul togʻ avji, oʻylakim kuz,
Sovugʻdin bogʻlonur sarchashmalar muz.
Azimat qilsa ul yon shohzoda,
Ajab yoʻqkim, boʻlur koʻngli kushoda.
Dimogʻi za’fi quvvat dogʻi torqay,
Muborak jismi sihhat dogʻi torqay.
Havo ta’siridin boʻlmay haroson.
Ilojin aylamaklik boʻlgʻay oson».
Atibbodin ne soʻzkim boʻldi manqul,
Koʻrundi shahgʻa bir-bir bori ma’qul.
Ravon hukm etti Mulkorogʻakim bot,
Chu fahm etting atibbodin maqolot.
Necha kun qilgʻumizdur azmi daryo,
Safar asbobini qilgʻil muhayyo.
Vazir andoqki torti hukmi oliy,
Muhayyo qildi hukm oʻlgʻonni holi.
Murattab boʻlgʻoch ish hukm ayladi shoh,
Borib shahzodani qilmogʻliq ogoh.
Ne soʻzkim oʻtti, arz etmoq tamomin,
Aning daryo sori boʻlmoq xiromin.
Eshitgach qissani shahzoda Farhod,
Nishot aylab hazin koʻngli boʻlub shod.
Dedi: «Shah ollida ayting rayomim
Ki, shah komi erur olamda komim.
Ne haddim ulki degaymen oʻgʻulmen,
Bori qullardin oʻksuk xasta qulmen.
Qayon azm etkoli boʻlsa yarogʻi,
Mening boshim durur shahning ayogʻi».
Chu shahgʻa qildilar bu nuktani fosh,
Duo qildi koʻziga toʻldurub yosh.
Dedi: «Aylab murattab kemalarni,
Soling onda keraklik nimalarni
Ki, men ham ayladim koʻnglumni jozim
Ki, tongla boʻlgʻamen daryogʻa ozim».
Eshitgach bu xabarni shohzoda,
Nishoti boʻldi ayturdin ziyoda.
Base taskin hazin koʻngligʻa berdi
Ki, maqsudi aning bu nav’ ish erdi