Ki, zohir aylabon bir tavr hiyla,
Bir ishni aylagay nav’i vasila
Ki, Xoqon tormoyin andin kudurat,
Ul etgay azmi gʻurbat bizzarurat.
Bu ish maqsudigʻa monand boʻldi,
Bagʻoyat xotiri xursand boʻldi.
Tushub daryo kibi koʻngli aro joʻsh,
Kema ogʻzidek ogʻzi lek xomush.
Tamavvujdek xayoligʻa tasalsul,
Tasalsul topibon yuz ming taxayyul.
Ketur, soqiy, Muhiti bodai ol,
Bu daryo ichra sogʻar zavraqin sol.
Erur gʻam bahrida jismi haqirim,
Hamul zavraq bila boʻl dastgirim.
XXVIII Xoqon bila Farhodning sirehr tavsanidek xinglardin inib falak buxtisidek junglarga minib Chin
sirohining sabo xayli daryo yuziga chin solgʻondek bahr maydonigʻa sabodek betahoshi
kirmoqlari va muqavvas fulklar bila tiyrlari falak qavsi bila qazo oʻqidin nishona koʻrguzmak va
nahangvash joʻng ogʻzi bila bodbonlar kafan rardasi bila goʻr ogʻzidin fasona tuzmak va safoyin
gʻaroyibidin necha harfi aytmoq va amvoj navoyibidin necha naqshe tortmoq va sarsarning
zolim sirohi daryo olamidin rustaxez chiqarib «va izal-bihoru fujjirat»
(1)
tafsirin mavj xututidin
bahr sahifasida sizmoq va koʻlokning nihoyatsiz togʻlarining taoqubi «va izal-jibolu suyyirat»
ma’nosin kema tiyri noʻgi bila falak avroqigʻa yozmoq va koʻrrak falakvash kemani fano
nahangi yutmoq va daryovash safinalar adam daryosi tubin tutmoq va Xoqonni daryo talotumi
Mulkoro bila Chin mulkiga solmoq va Farhod ishq daryosida qolgʻondek ul xunxor bahr aro
taxtarora uzra qolmoq
Bu daryo ichra ulkim boʻldi gʻavvos,
Chiqordi boʻyla durri ma’niyi xos
Ki, tayyor oʻldi chun daryo yarogʻi,
Boʻlub ozim shahu shahzoda dogʻi.
Surub markabni daryo sohiligʻa,
Oyu kun keldi mohi manziligʻa.
Nazarlar chun tengizdin oldi bahre,
Yigʻochdin bahr uza koʻrundi shahre.
Adaddin koʻp kema bori yarogʻliq,
Savodi bir muazzam shahr chogʻliq.
Iki yuz joʻng hadsiz har biri keng,
Falak joʻngini har bir tutmayin teng.
Uchi koʻk Hutiyu Savrini sonchib,
Tubi yer govu mohisini yonchib3.
Qamargʻa tiyri oning chehrafarsoy,
Iki tiyr ichra sargardon qolib oy.
Muningdek tiyr ila har bodboni,
Sirehri atlasu mihvar nishoni.
Chekilgan har tanobi bodbonning
Shuoiy xatti mehri zarfishonning.
Ichi bir ev, vale olam evidek,
Ne olam, nilgun toram evidek.
Qilib najjori gardun hiylasozi,