Borur erdilar ikki kecha-kunduz.
Suv uzra yel ayon etkach tamavvuj,
Shahu shahzodagʻa ondin tafarruj.
Ayon mavj ichra hardam yuz gʻaroyib,
Boʻlub ming zohir, ul yuz boʻlsa gʻoyib.
Necha koʻz tushsa koʻk suv charxmonand,
Tutub atrofi koʻk zayligʻa rayvand.
Xiromon har taraf yuz turfa mohi,
Xirad mohiyatin bilmay kamohi.
Ulugʻlar sahmnoku oʻyla hoyil
Ki, aylab koʻrguchi hushini zoyil.
Suda yuz togʻu yoʻq biriga orom,
Vale togʻiki boʻlgʻay mohi andom.
Nechakim orqasi togʻ avji yangligʻ,
Tanida naqshi daryo mavji yangligʻ.
Tengizda koʻrguzib andogʻ shitobi
Ki, charxi obgun ichra shihobi.
Shigarfu dilrabo har birga haykal,
Urub sayri su koʻzgusiga sayqal.
Tengiz dalvi suyin hardam qilib qut,
Aningdekkim su ichkay dalvdin5 Hut.
Kichikroqlargʻa andogʻ shoʻru oshub
Ki, torub bahr alar gʻavgʻosidin koʻb.
Kichik birla ulugʻlar son ichinda,
Nechukkim sabza sarviston ichinda.
Kashaflar har birining sahmi behad,
Yasab suv uzra jismi birla gunbad.
Boʻlub me’mori qudrat anda boni,
Sudin qilmay xarob andoq binoni.
Taharruk birla saqfi boʻlmayin shaqq,
Nechukkim gunbazi charxi muallaq.
Baligʻ sayd aylabon har yon nahangi,
Nechukkim rang sayd etkay ralangi.
Tani bir togʻdekkim boʻlsa xoro,
Temurdin tishu changal oshkoro.
Kelib orqosi oning tez rarra,
Niholi umrni kesmakka arra.
Ne rarra, gʻam sirohi kayburi ul.
Baliyat qal’asining kunguri ul.
Su mavjin ogʻzida qilgʻil tasavvur
Ki, bir javshanni tutqay hardam anbur6.
Nahang atrofida saqlovidin shoʻr,
Nechukkim ajdaho atrofida moʻr.
Yana har yon koʻrunub koʻzga xarchang,
Azimat aylagan vaqti kaj ohang.
Kashaf jismigʻa jismi lams etar chogʻ,
Urungʻondek biri-birga iki togʻ.
Koʻrunib jonvar bahr ichra behad,
Nechukkim dasht ichinda har nechuk dad.
Tamavvuj bahr uzakim tutmay orom,
Alar ustida sun’ ilki yoyib dom.
Shahu shahzoda har yon beshumora