gʻaroyib aylar erdilar nazora.
Bayaknogoh qazoyi osmoniy,
Ayon qildi baloyi osmoniy.
Yesa boshlodi yel behad xatarnok,
Hujum etti tengiz yuzinda koʻlok.
Janubiy haddidin sarsar kelib tez,
Tengiz ahligʻa boʻldi vahshatangez.
Qari mallohlar mundoq baloni
Koʻrub arz ettilar yirtib yaqoni
Ki, har yuz yilda bu yel bir qilur sayr,
Va lekin yoʻqturur bu sayr aro xayr.
Ravon yetkurdilar bir turfa zavraq,
Yangi oy zavraqidin tezravroq
Ki, boʻlmasdin burun bu yel ziyoda,
Tashindik munda shohu shohzoda.
Qurub Farhod chun zavraqqa kirdi,
Urub yel joʻngu zavraqni oyirdi.
Ato joʻng ichra qoldi tortibon voy,
Oʻgʻul zavraqda boʻldi bahrraymoy.
Arogʻa tushti andoq ayru tushmak
Ki, mumkin boʻlmas ondin soʻng koʻrushmak.
Alar ayrilgʻoch oʻldi yelga tugʻyon,
Ne tugʻyonkim, jahonni tutti toʻfon.
Tengiz ul nav’ chayqoldiki aflok,
Koʻrundi suv uza andoqki koʻlok.
Kelib bir-bir soʻngicha yuz tuman mavj,
Rayoray yetkurub koʻk avjigʻa avj.
Qayu bir rushtakim har rushtasi togʻ,
Ne togʻkim suyidin koʻk atlasi dogʻ.
Chiqib chun koʻkka bu sifli makondin,
Inib sifli makongʻa osmondin.
Munungdek bir demakim, yuz tuman ming.
Urub yuziga sili osmonning.
Hamono bu sifat yetkanda sili,
Boʻlub bu charxi axzar rangi nili.
Yasab chun ul sudin aylab tavahhum,
Yangi oy kemasin kirmakka anjum.
Urub har kemakim gardungʻa koʻlok,
Boʻlub daryo uza andoqki xoshok.
Iki kema biri-birga qotilmay,
Ulusdin ham iki bir-birni bilmay.
Kema gardungʻa chiqmoqni fan aylab.
Falakni tiyri ravzan-ravzan aylab.
Boʻlub har yon nujumi osmoni,
Falak ravzanlar oʻlgʻondin nishoni.
Hamono koʻkka suv baskim toʻqushti,
Falak gunbazlarining saqfi tushti.
Qilib suv mavji birla Hutu Xarchang,
Oʻz avjidin tengiz qa’rigʻa ohang.
Koʻrunub suvda xurshedi jahontob.
Bulur ichra nechukkim la’li serob.
Falak mulkida chun tormay masolik,