Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
98 
library.ziyonet.uz/ 
 
Quyi yerida farsh oʻrnigʻa kozi.  
Tushub suv ustida saqfi niguni,  
Ichinda tiyridin oliy sutuni.  
Sutunning bir uchi daryo uyiga,  
Bir uchi gunbazi xazro uyiga.  
Sutune bu sifat kim koʻrdi bori,  
Bir uchi yona bir uyning madori.  
Yoyib ham bodbondin koʻkka e’lom,  
Tutub ham langari koʻk uzra orom.  
Anosir boʻlmayin sifligʻa hoyil,  
Qilib koʻkning quyi davrida manzil.  
Boʻlub a’loda tiyr, asfalda tori,  
Falakning ikki jonibdin madori.  
Quyiyu-yuqori, ul tiyru ul tor,  
Falak davrida qutr aylab radidor.  
Bulardin boshqa gardun sayr kishti,  
Ravonliqda yelu suvdin sirishti.  
Adadda uch yuz ellik bahrraymoy,  
Falak ummonida har bir yangi oy.  
Yana sandal bila zavraq hisobi,  
Mingu ming yilcha har birning shitobi.  
Ham ildamliqda sarsardek ravona,  
Ham aylanmoqda igrimdin nishona.  
Suv uzra sayru davri ul sifat tez  
Ki, tufroq uzra sur’at vaqti Shabdez.  
Boʻlub ming besh yuz ul majmuigʻa son,  
Qilib oʻlturgʻon el sayrini oson.  
Yosolib joʻng uza taxti Kayoni,  
Maqom aylab shahu shahzoda oni.  
Boʻlub Chin ahlidin ul shahri choʻbin,  
Aningdekkim, yana bir kishvari Chin.  
Yarogʻu sayr xotir istagoncha,  
Nechakim istagay xotir, yuz oncha.  
Safar asbobi birla har safina,  
Nechukkim ganji Qorundin dafina.  
Qurugʻliq ichra chun qolmadi hech ish,  
Ravoni kemalarga boʻldi junbish.  
Taharrukdin topib andoq taxalxul  
Ki, Chin shahri aro tushkay tazalzul.  
Necha ming jald mallohi hunarvar,  
Baligʻ yangligʻ suv ichra mavjrarvar.  
Surar markab alargʻa zavraqi tez,  
Boʻlub sur’atda suvdin otashangez.  
Bori maqsudi sori aylabon mayl,  
Alar mayligʻa tobe’ shoh ila xayl.  
Chu yoʻlgʻa kirdilar ul ming yagona,  
Suv uzra olame boʻldi ravona.  
Savodi suvda jirmi xok4 yangligʻ,  
Ne jirmi xokkim, aflok yangligʻ.  
Yorib daryo yuzin mushkin niqobi,  
Falakni oʻylakim mushkin sahobi.  
Jazira azmigʻa bori qoʻyub yuz,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin