Meni chun qildi mohi armani zor,
Chekay bir necha sogʻar armanivor.
XXX Farhodning Shorur dasht raymoligʻi, balki rahnamoligʻi bila Yaman mulkidin Arman kishvarigʻa
azimat qilgʻoni va Armanning Eramoso sabza va rayohinidin gʻunchadek koʻngli gul-gul
ochilgʻoni va Armaniya togʻi kamarida xoro qozodurgʻon el ajzin Koʻrub ul kayfiyatin sOʻpub
xoro qozorgʻa kamar chust etgoni va bu xabarning chustu shirin Mehinbonu bila Shiringa
yetgoni
Bu vodiy qat’ida farxunda hodi,
Aningdek koʻrguzur maqsad savodi
Ki, chun Farhod ochti uyqudin koʻz,
Kelib yodigʻa Shorur aytqon soʻz.
Hamul kogʻazki boʻldi naqshrayvand,
Chekib tarhi hamul kishvarga monand.
Hanuz etmay qarongʻu ketmak ohang,
Havo koʻzlarda erdi surmagi rang.
QOʻpub Shorurning qoshigʻa bordi,
Ayogʻin oʻpgali boshigʻa bordi.
Tovushidin aning uygʻondi Shorur,
Topib tun zulmatida bul’ajab nur.
Dedi: «K-ey dard ila ishq ahli shohi,
Izing xayli muhabbat qiblagohi,
Bu kelmakdin sanga ne multamasdur,
gʻaraz xud kecha oʻtgan soʻz emasdurgʻ»
Chu oʻtkan soʻzni Shorur ayladi yod
Ayogʻiga aning bosh qoʻydi Farhod
Ki: «Yey jon maqsadi dilkash rayoming,
Koʻngul maqsudi ruhafzo kaloming.
Hamul savdo bila koʻnglumgadur sud,
Hamul soʻzdur hazin jonimga maqsud.
Vafo va’danggʻa fosh etmak keraksen,
Degon soʻz boshigʻa yetmak keraksen.
Eshitgach oni Shoruri yagona,
Dedi: «K-ey tal’ating sham’i zamona.
Sen ersang hamrahim jannat durur yoʻl
gʻaraz bu ersa, bismillah, ravon boʻl».
Yetib Shorur yoʻl azmigʻa ohang,
Aning hamrahligʻin Farhodi diltang.
Qadamda koʻrguzub ul toza damliq,
Bu aylab soya yangligʻ hamqadamliq.
Kesarlar erdi yoʻlni gom-bargom,
Yurub manzil-bamanzil tutmay orom.
Boʻlub Farhodgʻa Shorur munis.
Tutub oning bila sayr ichra majlis.
Gahe hamrahliq xosiyatidin,
Gahe hamreshalik jinsiyatidin.
Gahe ul safhani ilgiga olib,
Nazar boshtin-ayogʻ tarhigʻa solib.
Xayoligʻa tuman ming ofarin deb,