Vale sarkorlar tinmoy jafodin.
Nazar qildi chu ul holatgʻa Farhod,
gʻamin oʻldi Koʻrub ul nav’ bedod.
Kirib ul xayli mazlum ichra gʻamgin,
Hiloliy qoshlarigʻa gʻussadin chin.
Dedi: «K-ey men kibi xayli balokash,
Falakdin koʻnglungiz mendek mushavvash!
Bu mehnatkim chekarsiz rozin ayting,
Hamul anjom ila ogʻozin ayting
Ki, nevchundur bu ranju ibtilongiz,
Qachondindur falakdin bu balongizgʻ
Koʻrub sizni tutun boshimgʻa oshti,
Tutun nekim, ichimgʻa oʻt tutoshti».
Koʻrub ul xayl aning farrux jamolin,
Eshitib boʻyla ruhafzo maqolin.
Shukuhidin boʻlub hayronliq elga,
Maqolotida sargardonliq elga.
Oʻpub yer, dedilar ul xayli gʻamnok
Ki: Ey Ruhul-amindek
(3)
gavharing pok.
Yaqin ermas malaksen yo basharsen,
Xudo yoringki, bas oliy guharsen.
Malak xorijda gar koʻrmaydurur biz,
Seningdek xud bashar koʻrmaydurur biz.
Vujudung koʻrmasun gʻam ranju tobi,
Nekim soʻrdung budur oning javobi
Ki, bu kishvardakim rashki jinondur,
Bukun ismatranohe hukmrondur
Ki, Afridun sari borur nasabda,
Erur Jamsheddin ortuq hasabda.
Agarchi soya solmas boshigʻa toj,
Va lekin tojvarlardin olur boj.
Belin garchi kamar tormay kamohi,
Vale zarrin kamarlardur sirohi.
Bu yangligʻdurki fahm etting sifotin,
Mihinbonu debon davr ahli otin.
Bu kishvar ichra oʻttuz-qirq qoʻrgʻon,
Bori koʻk hisnidin
(4)
burjin oshurgʻon.
Aning hukmidadur bemehnatu ranj,
Toʻlo har yerda Qorun ganjidek ganj.
Tajammul xaylida imkondin ortuq,
Necha yil fikrat etsa ondin ortuq.
Jahondin xotiri ozodasi bor
Ki, bir gulchehra xoharzoda
(5)
si bor.
Harimi iffat ichra shoh ul ermish,
Sirehri ismat uzra moh ul ermish.
Ani ham vasf etardin bahramiz yoʻq,
Otin dogʻi tutargʻa zahramiz yoʻq.
Yuzin koʻrmaydur oning odamizod,
Magar bir necha gulrux sarvi ozod.
Kim oni koʻrsa gashtu sayr koʻrmas,
Ani koʻrgan kishini gʻayr koʻrmas.
Yuzi gul, kirpigi derlar tikandur,