Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
113 
library.ziyonet.uz/ 
 
Inonmas garchi oni koʻrmayin aql.  
Ketur soqiy, manga ul la’li rangin  
Ki, tushti gʻam yuki koʻnglumga sangin.  
Aningdek mayki, chun ogʻzimgʻa yetkay,  
Ichimda dardu gʻam toshin eritkay. 
XXXI 
Farhodning teshasi toshni pora-pora qilmogʻ bila togʻ bagʻrigʻa kov-kov solgʻon sadoni Shirin 
eshitgoni va quyosh togʻdin tulu’ qilgʻondek ul koʻhi balo sarvaqtigʻa yetgoni va aning metini 
lam’asining barqi munung xorodek koʻngliga asar etgoni va quyosh tufroqqa nur sochqondek ul 
xokiyga mehr zohir qilgʻoch, aning tufrogʻdogʻilardek oʻzidin ketgoni va umri quyoshi boshigʻa 
kelgach aning hayoti sham’i oʻchgʻoniga Shorurning sham’dek kuyub yigʻlab boshigʻa oʻt 
chiqorgʻoni va oʻlukni mahdgʻa solgʻondek ul quyosh oni tufrogʻdin koʻtarib bihisht oso 
manziligʻa olib borgʻoni 
Xabar berguchi sarrofi guharrosh,  
Bu yangligʻ ayladi naqdi xabar fosh  
Ki, chun ul xaylni hayrat qilib dang,  
Qilibon Armaniya sori ohang.  
Boqib Farhodning kesgan toshigʻa,  
Xabar yetkurdilar Bonu qoshigʻa  
Ki, mundogʻ navjavone boʻldi raydo  
Ki, boʻldi koʻrmokidin xalq shaydo.  
Bu yangligʻ xora kesmak qildi bunyod  
Ki, qilmoq mumkin ermas odamizod.  
Jahon ahlidek ermas vaz’u tavri,  
Bir andoq koʻrmagan aflok davri.  
Malakvash odamidur koʻhmonand,  
Kesakdur teshasigʻa koʻhrarkand.  
Nekim koʻrganni kelganlar yako-yak,  
Turub arz ettilar beshubhau shak.  
Mihinbonu eshitgach hayrat etti,  
Inonmay bir zamone fikrat etti.  
Xabargʻa chun ayon boʻldi tavotur,  
Ishondi, lek oni eltib tahayyur.  
QOʻpub gulrux harimin qildi ma’vo.  
Nechukkim ravzai jannatni Havvo
(1)
.  
Dedi: «K-ey bogʻi umrum sarvi nozi,  
Harimi xilvatim sham’i Tirozi.  
Koʻngul mehri uzoring birla xursand,  
Soching har torigʻa jon rishtasi band.  
Eshitkim, turfa roze kelturubmen,  
Hadisi dilnavoze kelturubmen.  
Seni Haq xoʻblardin qildi chun fard,  
Erur bori ishing oʻzungga darxurd.  
Arigʻ qozmoqnikim hukm aylamishsen,  
Qatiq toshlarni qozsunlar demishsen.  
Bu ham bir ish dururkim qilmamish xalq,  
Muningdek ish qilurni bilmamish xalq.  
Agarchi sa’b edi boshtin-ayogʻi,  
Qazo sahl etkon ermish oni dogʻi.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin