Birov, derlarki, raydo boʻlgʻon ermish,
Qiyomat oshkoro boʻlgʻon ermish».
Eshitgandek ani tavru shiorin,
Eshitturdi Pari raykargʻa borin.
Ki uch yilda ne ish butmish sarosar,
Oʻzi bir kunda qilmishdur barobar.
Mihinbonu chu bu roz etti ifsho,
Parivash ayladi mayli tamosho.
Dedi: «Ul yon janibat
(2)
surgulukdur,
Bu ish gar voqe’ oʻlsa koʻrgulukdur.
gʻanimatdur ani koʻrmak kishiga,
Tamosho aylamak qilgʻon ishiga.
Erur alhaq ajoyib mehmone
Ki, Tengri bizga yetkurmishdur oni.
Bu qushkim mubtaloyi dom oʻlubtur,
Bu gulshanda anga orom oʻlubtur.
Balo ichra farogʻi birla kelmish,
Tuzoqqa oʻz ayogʻi birla kelmish.
Zaruratdur anga qilmoq rioyat
Kim, ul bizga keraklikdur bagʻoyat.
Arigʻkim muzdigʻa yuz ganj berdim,
Suyi kelmay ilik ondin yub erdim
(3)
.
Bihamdillahki, Haq yetkurdi komim
Ki, mundoq kimsa boʻldi saydi domim».
Tilatti noʻshlab ta’jil ila ot,
Ravon boʻldi Mihinbonu dagʻi bot.
Sumanbar xizmatida toʻrt yuz qiz
Ki, otlanmas edi hargiz bularsiz.
Bor erdi bodroyi rangi gulgun,
Qolib andin yururda xingi gardun.
Anga pokib hamisha ul Parivash,
Boʻlub ul devraykar ham Parikash
(4)
.
Oʻzi gulrangu gul monand zoti,
Boʻlub Gulgun
(5)
xaloyiq ichra oti.
Jahon bogʻida yoʻq ul bodrodek,
Boʻlub gul bargin elturga sabodek
(6)
.
Keturdilar bu xingi
(7)
bodraymoy,
Ravon mindi shafaq gulguniga oy.
Xiromon boʻldi ul yon sarvi ozod,
Rikobida hamul xayli Parizod.
Surub ul sori xushvaqtu tarabnok
Ki, Farhod aylar erdi xorani chok.
Mihinbonu dogʻi hamrahligʻ aylab,
Sumanbar holidin ogahligʻ aylab.
Keyindin qavm ila xayli shitobon,
Qilib har soridin qat’i biyobon.
Parivash devzodin surdi chun tez,
Gul uzra sarsar oʻldi shabnamangez.
Yetishti raxsh uza ul nav’ cholok
Ki, gardun tavsanida mehri aflok.
Tushub har yon musalsal zulfi bandi
(8)
,
Boʻlurgʻa xoraafkanlar kamandi.