Boshida tojvarlik farri raydo,
Yuzida saltanat nuri huvaydo.
Ayogʻigʻa sinib xori mazallat,
Boshini sindurub sangi mashaqqat.
Jabinida muhabbat dardi zohir,
Uzori uzra gʻurbat gardi zohir.
Tanida benavoligʻdin asarlar,
Yuzida oshnoligʻdin xabarlar.
Qoʻlida teshaye, yoʻq teshakim, gurz,
Boʻlub tufroq aning zarbidin Alburz.
Koʻrub Shirinni hayrat lol qildi,
Taajjub bir yoʻli behol qildi.
Koʻrungach koʻzga mundoq chehri oning,
Ichiga soldi shoʻrish mehri oning.
Gahe ashki yugurdi shiddatidin,
Gahe koʻngli buzuldi mehnatidin.
Ochilmasdin burunroq rardai roz,
Yaqinroq surdiyu soʻz qildi ogʻoz.
Labi la’lini gavharrosh qildi,
Bu yangligʻ nukta durrin fosh qildi
Ki: «Yey nodir yigit ofoq ichinda,
Yagona charxi nili toq ichinda.
Ayon holingda koʻr-koʻp bulajabliq
Ajabdin ham ajab ranju taabliq.
Ne sen oʻxshab jahonda bir kishiga,
Ne qilgʻon ishing oʻxshar el ishiga.
Bu ishkim, biz demay bunyod etibsen,
Bagʻoyat koʻnglumizni shod etibsen.
Boʻlur erduk husuli ichra ojiz,
Hunar ermas, qoʻlung koʻrguzdi mu’jiz.
Agar yuz qarn uzroyin boʻloli,
Netib bir kunchilik uzring qoʻloli.
Ishing uzrida yuz bizdek oʻtongay,
Ne bizdin, Tengridin ollinggʻa yongʻay».
Tilatti bir tabaq birla javohir,
Dedi: «Muzdung emas, ey ishda mohir!»
Qoʻlub uzr ul tabaq boshini ochti,
Javohirni aning boshigʻa sochti.
Parivash bu fasohat birla maftun,
Oʻzidin bexabar Farhodi majnun.
Yiqib jismini anfosi shitobi,
Teshib koʻksini koʻngli iztirobi.
Tani titratmadin orom tormay,
Bu beoromliq anjom tormay.
Dedi: «Jonrarvar anfosingdin oʻldum,
Unungdin, umr ranjidin qutuldum.
Ne anglaykim, qayu mahroʻ ekansen,
Ichim qon aylagan senmu ekansengʻ
Meni gʻurbat aro bechora etkan,
Diyoru mulkdin ovora etkan.
Chiqib jonim unungdin boʻlgʻoch ogoh,
Yuzungni koʻrmay oʻldum oh, yuz oh!»