Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
Yesim ketkonda e’zoz aylamishdur,  
Tarahhumdin sarafroz aylamishdur.  
Aning rodoshi ne kelgay ilimdin,  
Va yoxud shukri ne oʻtkay tilimdin.  
Hamono bu arigʻdur borcha komi  
Ki, itmomigʻa koʻrtur ihtimomi.  
Umidim ulki umri tezrihlat  
Meni mahzungʻa bergay oncha muhlat  
Ki, bu komin ravo qilgʻoymen oning,  
Bu dardigʻa davo qilgʻoymen oning».  
Chu bu fikr etti koʻngli yangi boshdin,  
Chiqordi gard gardun uzra toshdin.  
Aningdek xora chormoq etti bunyod  
Ki, chiqti togʻdin gardungʻa faryod.  
Qachon tosh uzra metin tez soldi,  
Falak toqigʻa rustoxez soldi.  
Dami dudi bila metini gardi,  
Yoshurdi koʻzga charxi lojuvardi.  
Ne gardu dud, migʻi dardu anduh,  
Tutub Arman hududin koʻh to koʻh.  
Dema migʻ, aytqil abri bahoron,  
Yogʻin birla tagargi sangboron.  
Hamul metinki tosh uzra boʻlub gʻarq,  
Damo-dam lam’asidin koʻrguzub barq.  
Ne soatkim xaroshi xora aylab,  
Qatiq xoroni andoq rora aylab  
Ki, bolchigʻ rushtasin noʻgi itik bel,  
Va yo roru bila qor oritur el.  
Kecha-kunduz ne tinmoq, ne tayonmoq,  
Ne bir dam qon yutardin koʻngli qonmoq.  
Tamoshosigʻa har kun xayl-barxayl,  
Ulus ul sori tush-tushdin qilib mayl.  
Qilib har kim nazar oning ishiga,  
Tahayyur barmogʻin eltib tishiga.  
Koʻrardin yoʻq kamarburlargʻa toʻymoq,  
Ne haddi yerga rushti dast qoʻymoq.  
Aning xorogʻa mundoq kov-kovi.  
Bu soʻzni boʻyla taqrir etti rovi  
Kim ul tunkim Mihinbonu uyidin,  
Mihinbonu yoʻq, ul mahroʻ uyidin  
Kelib oʻz holiga ul hushi zoyil,  
Chiqib boʻldi hamul togʻ sori moyil.  
Chu torti xira koʻzlar subhdin nur,  
Ne ul xayl oni tortilar, ne Shorur.  
QOʻpub Shorur xud keynicha bordi,  
Vale Shirin koʻzi gʻamdin qorordi.  
Topib Shorur, oʻlub gʻamdin yana shod,  
Tushub hajr oʻtigʻa Shirini noshod.  
Qoʻyub Shorur ayogʻiga aning bosh,  
Toʻkub Shirin firoqidin aning yosh.  
Tegib hijron oʻqi mahvashqa kori,  
Ilikdin koʻrdi borur ixtiyori.  
Bahona boʻyla qildikim: «Bu bedil  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin