Aningdek oh toʻfonin chiqordi
Ki, mahvashning niqobi yelga bordi.
Koʻrungach ul jamoli olamoro,
Aning matlubi boʻldi oshkoro.
Hamul erdiki maftun boʻlmish erdi,
Koʻrub koʻzguda majnun boʻlmish erdi.
Birovkim aks koʻrgach hushi ketsa,
Oʻzin koʻrgach ne tong, jon tarkin etsa.
Birovkim boʻlsa mayning zikridin mast,
Ne tong, ichkanda boʻlsa yer uza rast.
Chu Farhod ul Pari erkonni bildi,
Chekib oʻtluq figʻon andoq yiqildi
Kim, ul holatda Shirin koʻrgach oni,
Kimon qildi magarkim chiqti joni.
Aningdek chekti ohi otasholud
Ki, oyni abr aro yoshurdi ul dud.
Chu ul sham’i vafoda qolmadi nur,
Yetib rarvonadek boshigʻa Shorur.
Boshin qoʻynigʻa oldi yigʻlabon zor
Ki: «Yey yoʻq qismating juz ranju ozor!
Bas ermas erdi gʻurbat dardu dogʻi
Ki, oʻchti bejihat umrung charogʻi.
Vafo yoʻlida ul manzilgʻa yetting
Ki, bir koʻrmak bila jon tarkin etting.
Kamolu fazlu oyiningdin afsus,
Hayovu aqlu tamkiningdin afsus.
Zamiru ra’yi pokingdin darigʻo,
Figʻoni dardnokingdin darigʻo.
Qoʻlungdin hayfu shastingdin dogʻi hayf,
Shukuhu zoʻrdastingdin dogʻi hayf.
Qani farru shukuhu zoʻrdasting,
Tavonoligʻ aro yuz ming shikasting.
Bashar xaylida sen boʻlmay malakson,
Nedin boʻlmas bori yer birla yakson.
Ne shah boshigʻa afsar erding ekin,
Qayu afsargʻa gavhar erding ekin.
Ne kishvar tushti erkin motaminggʻa,
Qayu el qoldilar erkin gʻaminggʻa.
Ne Xoqon soʻgung ichra qoldi, oyo,
Qayu iqlim eli qoʻzgʻoldi, oyo.
Chekib ranjing manga gʻam boʻldi rodosh
Ki, hargiz koʻrmagay erdim seni kosh!»
Debon Shorur bu yangligʻ fasona,
Sumanbar aylabon ashkin ravona.
Chu bu oshubigʻa yuzlandi taskin,
Ani chorlab Mihinbonu va Shirin.
SOʻpub Farhod holidin hikoyat,
Ul aylab bilgan ahvolin rivoyat.
Debon ul zor, Shirin zor yigʻlab,
Mihinbonu dogʻi bisyor yigʻlab.
Ani mahd ichra solib xusravoyin,
Yonib oʻrdularigʻa zoru gʻamgin.