XXXIV Farhodning «Ayn ul-hayot» suyin «Bahr un-najot» havzi arigʻigʻa ochib, koʻzidin ul chashma
rashahotidek ashki rudin sochib, Armaniya sori xiromi va xaloyiqning ul arigʻ atrofida tamosho
uchun gʻavgʻoyi omi va Parivashning Parikash devzodi roʻyadin qolmoq va Farhod devonavor
Parikash bila Parivashin egniga olmoq va Armaniya togʻi sori barqdek gom solmoq va falaki
qadxamdek mehr ostida yugurmak va mehrni falak ayvonigʻa yetkurmoq va junun
Bu koʻhsor ichra xoro aylagan chok,
Quyar mundogʻ ziloli sofiyu pok
Ki, chun Farhod suv ochmoqqa ketti,
Xabar har soridin Shiringʻa yetti.
Kim, ul qozib arigʻe poku soda,
Necha ishlar dogʻi aylab ziyoda.
Yasab ul nav’ qasri charxmonand
Ki, topib kungiri gardungʻa rayvand.
Bu yangligʻ kilk ila tahriri oning,
Bu yangligʻ naqsh ila tasviri oning.
Qilib ishlarki, qilmay odamizod,
Boʻlub koʻrmakdin oni odami shod.
Qoʻyub koʻngliga yuz koʻhi alamni,
Toʻkub koʻzdin tuman ming seli gʻamni.
Urub ohidin oʻt hardam zabona,
Suv ochmoq azmigʻa boʻldi ravona.
Sanam xud tinmayin soʻzi nihondin,
Tutar erdi xabar har lahza ondin.
Va lekin bu xabarni chun eshitti,
Qaroru sabri ketti, hushi itti.
Buyurdikim: «Ravonroq kelturung ot»,
Buyurgʻoch ashhabi kelturdilar bot.
Ul ashhab girdu rast erdiyu rahvor,
Nechukkim boʻlsa gʻalton durri shahvor.
Chu chiqti yelga gulbargi taridek,
Falak raxshiga mehri xovaridek.
Kishi Bonugʻa
(1)
chorturdi shitobon
Ki, qildi sayr azmi mehri tobon.
Quyoshdek sayrda bordur shitobi
Ki, bir dam manzil etkay burji obi.
Hamul xopokani roʻlod bozu
(2)
,
Ariqqa men yetishmay qoʻymasun suv!
Xabar chun bildi Bonu shod boʻldi,
Surub bedil qoshigʻa uzr qoʻldi:
«Ki, ey bizdin sanga yetgan malolat,
Yetishmay bizga sandin juz xijolat.
Dame tingʻilki qilding koʻp taku roʻy,
Hamono azm etibdur sarvi gulroʻy
Ki, ushbu sarzaminni ravshan etgay.
Arigʻni sarvu guldek maskan etgay».
Navozishlar qilib bedilni behad,
Buyurdi soldilar ul yerda masnad.
Chiqib masnad yuzida tutti orom,
Hamul tavsanni aylab soʻz aro rom.
Irak zaylucha ham soldurdi filhol,