Boʻlub fahm ul sudin ayni latofat,
Koʻngul elturga lekin seli ofat.
Yuzida xol oʻlub gulbarg uza zogʻ,
Va yo ter ostida suv ichraki bogʻ
(4)
.
Dema suvkim, ziloli zindagoni,
Ne Xizru ne Sikandar topib oni.
Boʻlub gʻalton latofatdin gul uzra,
Sochib yuz qatra har dam sunbul uzra.
Sochi zulmotida yuz ming Sikandar,
Itib dud ichra andoqkim samandar.
Takovar uzra ra’no qaddu andom,
Balolar sochib, ofatlar qilib om.
Yuzi mehri niqob ostida rinhon.
Nechukkim, oy sahob ostida rinhon.
Bu yangligʻ yetti oshubi zamona,
Samandi na’li sarkoʻbi zamona.
Dedi bedilgʻa Bonukim: «Ravon boʻl,
Ishingga ham qadam qoʻy, ham uzot qoʻl.
Bu ofatkim buyon solmish guzarni,
Tushardin ul taraf asra nazarni.
Sanga garchi bu talqin bejihatdur,
Va lekin holiyo bu maslahatdur».
Sitamkash Bonu ollida yer oʻrti,
Qoʻlin Shorur tutti toki qoʻrti.
Olib metin suv ochmoq etti bunyod,
Yetishti ul sori huri Parizod.
Boqar erdi arigʻning ichu toshin,
Kulumsub tebratib har lahza boshin.
Oshib har ishda hayrat nozaningʻa,
Boʻlub qoyil rayoray ofaringʻa.
Pari raykarda soʻz yoʻq gʻayri tahsin
Urub devona suv ochmoqqa metin
(5)
.
Sugʻa origʻ shikofin ochti chun chust,
Burun novu mamarni bogʻlabon rust.
Chu ul yoʻl boʻldi xoro birla masdud,
Bu yoʻlgʻa mayl qildi tezrav rud.
Arigʻ novi chu boʻldi suv maqomi,
Tegirmon novidek boʻldi xiromi.
Xaloyiq ichra gʻavgʻo tushti har yon,
Ulus ichra alolo tushti har yon.
Arigʻning ikki yonidin alolo,
Nishot ahli tuzub dirno talolo.
Mugʻanniylar iki yondin navosoz,
Tuzub ul roʻd lahni birla ovoz.
Mihinbonu bila Shirin surub ot
Ki, qasr olligʻa yetkaylar sudin bot.
Va lekin suv boʻlub andoq sabukrav
Ki, yetmay girdigʻa xingi sabukdav.
Yugurmakka ulus baskim qilib mayl,
Yiqilib bir-biri ustida har xayl.
Qilib el keynidin ham roʻya Farhod,
Koʻzi ul yonkim ul huri Parizod.
Sumanbar chorib erdi oʻn yigʻoch yoʻl,