Yasagay bogʻu boʻston anda har xayl.
Nekim xoro chorar ish torqach itmom.
Su boshigʻa urub xorofikan gom
Ki, suvni bogʻlagʻay ul nahr ichiga,
Alolo tushti mulku shahr ichiga.
Aningdek togʻ sori tuttilar yoʻl
Ki, igna solsa yerga tushmagay ul.
Tamoshogʻa qoʻyub el ul sifat yuz
Ki, kasratdin koʻrunmay togʻ ila tuz.
Yaqo birla yurub Farhodi mahjur,
Yonida gom urub bechora Shorur.
Xirom aylab hunarmandi yagona,
Koʻzidin yosh oʻlub turmay ravona.
Tushub dilbar xayoli joni ichra,
Solib oʻt xotiri vayroni ichra.
Suyin turgʻuzmayin koʻzida qaygʻu,
Arigʻ novigʻa oqib ashkidin suv.
Bu qaygʻu eltibon oni oʻzidin,
Oqib bechoraliq ashki koʻzidin
Ki, mundoqkim el oʻlmish dashtraymoy,
Tamosho qilgʻali kelgaymu ul oygʻ
Agar kelsa meni bemor oʻlarmen,
Vagar ham kelmas oʻlsa, zor oʻlarmen!
Ani bu fikr andoq aylabon lol
Ki, fahm aylab ulus tavridin ul hol.
Mihinbonu aning keynicha pokib,
Surub atboi beroyon mavokib.
Tajammul onchakim, el fahmi yetmay,
Takalluf onchakim, el bovar etmay.
Aning har gomigʻa aylab nisori,
Sochib boshigʻa naqdi beshumori.
Sinuq boshigʻa boʻlmoq la’lu durrosh,
Koʻrunub bahr aro yoqqon kibi tosh.
Surub olligʻa gardunvash mavokib,
Bori sur’atda andoqkim kavokib
Ki, minmakdin boʻlub oromi oning,
Dame tingʻay qoborgʻon gomi oning.
Oʻpub ul bodrolarning ayogʻin,
Tushub yoʻlgʻa tutub ikki qulogʻin.
Ulus holigʻa oning zor yigʻlab,
Qilib dardi koʻngulga kor yigʻlab.
Qoʻyub ul gomu el keynicha anbuh,
Qayu anbuh, balkim koʻh to koʻh.
Qayon ul ketti el keynicha ketti,
Bu holat birla suv boshigʻa yetti.
Zamone tinmogʻin qildi bahona
Ki, yetgaymu ul oshubi zamonagʻ
Koʻzida suv va lekin jonida oʻrt,
Boʻlub har sori boqmoqdin koʻzi toʻrt.
Ketur, soqiy, mayu, daf’ et xumorim
Ki, oʻlturdi xumori intizorim.
Xumori hajr bas muhlik balodur,
Anga yo vasl yoxud may davodur.