Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
15 
library.ziyonet.uz/ 
 
Mihinbonu qolib hayron soʻzidin,  
Soʻzin chun goʻsh etib, borib oʻzidin.  
Soʻzidin zohir asrori Ilohiy,  
Jamolidin ayon anvori shohiy.  
Yuzi oyini sogʻar lola aylab,  
Ul oygʻa sabzasidan hola aylab.  
Mihinbonuki donishrarvar erdi,  
Bilik ahligʻa shohi sarvar erdi
(10)
.  
Muhaqqaq bildikim ulkim yoʻnar tosh,  
Qochurmishdur guharligʻ tojdin bosh.  
Shukuhi ollida torti oʻzin rast,  
Kalomi janbida koʻrdi soʻzin rast  
Kishi gavhargʻa jola aylasa ot,  
Ham oning gavharidin bilgurur bot.  
Tushub taxt ustidin aylab tavozu’,  
Qilib taxt uzra ul chiqmoq tavaqqu’.  
Ul aylab koʻp tazallumlarki, Bonu  
Nekim der jonima minnat, magar bu.  
Balo togʻini mujgon birla yormoq,  
Yorib tirnoq ila yerdin qoʻngormoq.  
Buyursa boʻlmagʻum andin haroson  
Ki, bu ishdin erur yuz qatla oson.  
Gadou saltanat taxti yiroqdur,  
Anga tufroq uza yer yaxshiroqdur.  
Chu Bonu koʻrdi beroyon ibosin,  
Yana istab aning koʻngli rizosin.  
Dedi, taxt uzra gar tutmassen orom,  
Manga yer uzra oʻlturmoq erur kom.  
Buyurdi oldilar taxti murassa’,  
Yer uzra soldilar farshi mulamma’.  
Toʻshalgach bu bisoti komroni,  
Oʻzi oʻlturdi, lek oʻlturtub oni.  
Yana chun jomi may boʻldi ravona,  
Guharrez oʻldi Farhodi yagona  
Dema yolgʻiz boʻlub soʻzdin guhar posh  
Ki, soʻzcha yuz iki koʻzdin guhar posh
(11)
.  
Ul oy hijronidin jonida oshub,  
gʻamidin charx ayvonida oshub.  
Pari xud rardaning keynida hozir,  
Boʻlub majmui ahvoligʻa nozir.  
Sirishki tinmayin oqib koʻzidin,  
Gah oʻzida, gahi borib oʻzidin.  
Pari yangligʻ nazarlardin nihoni,  
Kupub ul elniyu, el koʻrmay oni.  
Vale Bonu tutub koʻz uchidin ros  
Ki, xopokan nechuk yumshatmish olmos.  
Munung ashki gahi boshidin oshib,  
Gah oning ohidin olam tutoshib.  
Dedi koʻnglida Bonukim: bu gʻamnok  
Ki, mundoq mumkin ermas gavhari pok.  
Manga xud barcha holi boʻldi ravshan  
Ki, qilmish rostliq — ish, poklik — fan.  
Chu yoʻqtur bir nazar qilmoqqa tobi,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin