Ne boda, obi hayvondin namudor.
Ayoqchilar shakarguftoru dilband,
Qilib dilbandliq birla shakarxand.
Mugʻanniylar aningdek lahnrardoz
Ki, jonlar rardadin raqs aylab ogʻoz.
Bu majlis ichra hozir oʻn dilorom,
Bori ham sarv qomat, ham gulandom:
Boʻlub Shirin bisotining nadimi,
Alardin xush Mihinbonu harimi.
Kelib har qaysi bir fazl ichra mohir,
Mahorat shevasi har birda zohir.
Biri ash’or bahri ichra gʻavvos,
Biri advor
(1)
davri ichra raqqos.
Biri mantiq
(2)
rusumida raqamkash,
Biri hay’at
(3)
ruqumigʻa qalamkash.
Birining shevasi ilmi haqoyiq
(4)
,
Balogʻatda
(5)
biri aytib daqoyiq.
Biri tarixda soʻz aylab fasona,
Biri hikmat
(6)
fani ichra yagona.
Hisob ichra birining zihni borib
Muammoda
(7)
birisi ot chiqorib
(8)
.
Bu fanlarda bular bir-birdin ahsan
Yuz ul fanliq aro har qaysi yakfan
(9)
.
Diloromu Diloroyu Diloso,
Gulandomu Sumanboʻyu Sumanso.
Parichehru Parizodu Parivash,
Pariraykar zihi oʻn ismi dilkash.
Chu evruldi labolab davr ayogʻi,
Qizidi bazm yangligʻ el dimogʻi.
Mihinbonu kamol izhori aylab
Daqoyiqdin savol izhori aylab,
Alargʻa aylagach juzvi ishorat,
Radidor oʻldi yuz dilkash iborat.
Funun bozori ichra shoʻr tushti,
Atorudgʻa degin gʻavgʻo yovushti.
gʻaroyib koʻp qila boshladi zohir,
Oʻzining fannida har shoʻxi mohir.
Alargʻa chun taammul qildi Farhod,
Unutqon nuktalarni ayladi yod.
Daler oʻlmish edi may jur’atidin,
Ne may, jomi rayoray jur’atidin.
Ani chun tab’i poku zihni oliy,
Qilib erdi zamon sohibkamoli.
Boqib ul sori tab’i ravshanidin,
Savole qildi har birning fanidin.
Javobida sanamlar borcha ojiz,
Eshitmay oʻyla mushkil nukta hargiz.
Alar chun shubhasigʻa tormayin daf’
Oʻzi-oʻq aylabon ul shubhani raf’.
Fasohatda soʻzidin qosir idpok
Ki, har bir lafzi erdi gavhari pok.
Takallumni qilib chun nuktararvard,
Boʻlub bazm ahli aqlu hushidin fard.