Vale may zoʻri boʻldi dastgiri
Ki, hushin ayladi farmonraziri.
Maqomin yonida koʻrguzdi Bonu,
Kelib oʻlturdi ul zonu-bazonu.
Quyosh chun tutti oy yonida manzil,
Ham oʻz oʻrnida manzil tutti bedil.
Chu yerliq oʻz yerida tutti orom,
Ayoqchilar rayo-ray tuttilar jom.
Labolab necha sogʻardin Parivash,
Chu oʻz devonasidek boʻldi sarxush.
Hijobi boda zoʻridinki ketti,
Pari izhori insoniyat etti
Ki, ey olam elidin fardu nodir!
Kelib zoting bori qudratda qodir.
Hunarda zerdasting borcha olam,
Hunar yoʻqkim, kamolu fazl aro ham.
Kishikim qilsa ta’rifing xayoli,
Quyosh ravshan demaktur, charx — oliy.
Balodin asrasun davron taningni,
Ne yolgʻuz tanki, joni rurfaningni.
Yoʻlungda ganj agar solgʻoybiz oxir,
Qayu uzring qoʻla olgʻoybiz oxir.
Toʻkub mahvash bu yangligʻ durri shahvor,
Qolib bedil nechukkim naqshi devor.
Parivash boʻldi chun mundogʻ guharrosh,
Ayoq tutmoq uchun qoʻrti urub bosh.
Ul oʻn qizkim oʻn ishda erdi mohir,
Tutub har qaysi bir xoni javohir.
Parivashning qayon boʻlgʻoch xiromi,
Sochib bir xonni har yon tushsa gomi.
Nisori la’lu dur sharh aylagoncha,
Toʻkub Farhod xud koʻzdin yuz oncha.
Pari ul shakl ila bir-bir qoʻyub gom,
Kelib majnun qoshida tutti orom.
Dedi la’ligʻa olib la’li ahmar
(15)
,
«Sening ishqingda noʻsh ettuk bu sogʻar!»
Sumurdi uyla shamshodi qasabroʻsh
Ki, mundin oldi oning ichkani hush.
Ichib jomi labo-lab tutti ul dam
Ki: «Hoʻsh etkil mening ishqimda sen ham!»
Iki hol ul may ichra hosil erdi
Ki, ham hayvon suyi, ham qotil erdi.
Chu oshiq may isidin bor edi mast,
Ajab soqiygʻa koʻrkim boʻldi hamdast.
Olib sirqordi andoq bexudona
Ki, sogʻar naqshidin ketti nishona.
Bu sogʻar boʻlsa erdi jomi aflok,
Qoʻyub ogʻzigʻa sirqorgʻay edi pok.
Vujudi naqshi koʻnglidin yuvuldi,
Koʻngil nangi vujudidin qutuldi.
Qilib oʻzni xalos oʻzluk gʻamidin,
Ne oʻzluk, balki yoʻqluq olamidin.
Ayogʻni torshurub fardi zamona,