Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy
1
library.ziyonet.uz/
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy
Farhod Va Shirin (davom)
XXXII
Farhodning madhush dimogʻiga hush bogʻidin nasim yetmak va nasimdek tebranib togʻ sori
azimat etmak va tesha bila togʻ bagʻrin yormoq, balki togʻ roralarni havogʻa uchurmoq bila
qiyomat qoʻrarmoq va Shorur ani raydo qilib Shirinni aning gʻami ishqi shaydo qilmoq va
Shirinning koʻngli xorasini aning teshasi fikri xarosh qilgʻonin Mihinbonu ma’lum qilib,
teshadek tafakkur boshin quyi solmoq va gohi diljoʻyluq bila ul bedilgʻa koʻngul bermak,
balki
koʻeglin olmoq
Bu mahd alvohigʻa qilgʻon nigorish,
Bu yangligʻ qissagʻa berdi guzorish
Ki, chun zoyil boʻlub
Farhoddin hush,
Ani yotquzdilar taxt uzra madhush.
Ne ul ogah tiriklik olamidin,
Ne jismida asar raydo damidin.
Qolib bu nav’ ikki kecha-kunduz,
Olib
gah-gah nafas, lek ochmayin koʻz.
Hayoti qaydidin Shirin qilib shoʻr,
Yangi jon topibon bechora Shorur.
Uchinchi kecha uyqu el koʻziga
Kim, ul ochib koʻzin, keldi oʻziga.
Koʻrub shohona taxtu borgohe,
Yotib taxt uzra ul andoqki shohe.
Necha ul
hol aro qildi tafakkur,
Tafakkurdin fuzun boʻldi tahayyur.
Vale yodigʻa bu keldikim ul oy,
Dema oy, oftobi olamoroy
Aning sarvaqtigʻa solib edi nur,
Boʻlub erdi necha soʻz dogʻi mazkur.
Yaqin bildiki borgʻondur oʻzidin,
Parining yo yuzidin, yo soʻzidin.
Hayodin terga boʻldi abrdek gʻarq,
Ul uydin chiqti sekrib oʻylakim barq.
Tafarrus
qildikim mehri diloro,
Aning holigʻa qilgʻondur madoro
(1)
.
Oʻzi chun qatlin ogʻoz aylagandur,
Azo birla sarafroz aylagandur.
Sevunub togʻ sari boʻldi shitobon,
Xijolat birla qat’ aylab biyobon.
Yetib oriqqa koʻp aylab takuru,
Hayo teridin andoq oqizib suv.
Topib metini birla teshasini,
Ayon aylab ravon oʻz reshasini.
Oʻzi birla debonkim: «Ul Parichehr,
Meni majnunga muncha koʻrguzub mehr.