Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
109 
library.ziyonet.uz/ 
 
Raqam qilgʻonni rashki naqshi Chin deb.  
Qilib daxl ishta andoq har zamoni  
Ki, bu ham naqshrardoz onglab oni.  
Bu yangligʻ muddati yoʻl qildilar tay  
Ki, Arman kishvarigʻa qoʻydilar ray.  
Dedi Shorur: «Kel, ey farxunda yovar,  
Budur sen tushta koʻrgan mulku kishvar.  
Tamosho aylayu boʻlsun xiroming,  
Yoʻluqquncha talab qilgʻon maqoming».  
Chu Farhod etti ul soʻzni taaqqul,  
Urar erdi qadam aylab taammul;  
Iki-uch kun chu boʻldi ehtiyoti,  
Radidor oʻldi bir kun koʻp nishoti  
Ki, boʻldi ollida bir dasht raydo  
Ki, aqlin tushta aylab erdi shaydo.  
Hamul sabza, hamul savsan, hamul gul,  
Hamul gullarning atrofida bulbul.  
Yetib taqvo koʻzin tufrogʻi xiyra,  
Yeli aylab xirad sham’ini tiyra.  
Koʻrunub qayda boqsa ul balojoʻy,  
Gulu xoru giyohi oshnoroʻy.  
Sola boshladi har dam rora koʻngli,  
Yetib har lahza za’f ovora koʻngli.  
Balo vodisigʻa solib qadamni,  
Malolat avjigʻa tortib alamni  
Dedi Shorurgʻa: «K-ey yori hamdam,  
Sanga hamdamliq oyini musallam.  
Hamul vodiyu gardunsoy xoro  
Ki, koʻrmish erdim oʻldi oshkoro.  
Yaqinroq manga hamrah boʻlgʻil emdi,  
Mening holimdin ogah boʻlgʻil emdi».  
Hamul xayleki gʻavgʻo aylamishlar,  
Qozargʻa tosh alolo aylamishlar.  
Tilar ul sori yetgay joni mahjur,  
Ravon mayl ayladi ul sori Shorur.  
Yetishtilar ul ikki oshnovash,  
Anga tegruki ul xayli jafokash  
Guruhe erdi dardu dogʻ ichinda,  
Arigʻ qozmoqqa shogʻil togʻ ichinda.  
Aningdek xorani kesmakda ojiz  
Ki, koʻrmay kimsa andoq ajz hargiz.  
Iki yuz xorabur ilgida tesha,  
Urub ul tesha tosh uzra hamesha.  
Va lekin oʻyla qattiq erdi xoro  
Ki, gar yuz tesha tegsa bemadoro.  
Kesilmay bir naxudcha tosh chogʻliq,  
Naxudcha demakim, xashxosh chogʻliq
(1)
.  
Iki yuz ustod uch yil qilib kin,  
Zamone tinmayin urmoqta metin.  
Qozilib ikki-uch yuz qori
(2)
 xora,  
Qolib oning koʻri ham nimkora.  
Alar qon yigʻlabon mundogʻ anodin,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin