Chiqorsam erdi kirrik ignasidin.
Ayogʻ sunsang boʻlub gʻamdin xaroshing,
Mudom oʻlsa edi qoʻynumda boshing.
Koʻrub xoru xas oʻrnungda nihoni,
Sochim birla surursam erdi oni.
Chu bilsam garddin koʻnglungda qaygʻu,
Yer uzra ashkdin sersam edi suv.
Boshinggʻa tushsa mehnat shomi jovid,
Yuz ochib zohir etsam erdi xurshid.
Agar joninggʻa qasd etsa uzun kun,
Sochim yetkursa erdi anbarin tun.
Yuzungni olmasam erdi engimdin,
Aritsam erdi ashkingni yengimdin.
Junun ta’vizigʻa koʻrganda moyil,
Qoʻl etsam erdi boʻynunggʻa hamoyil.
Tilar boʻlsang yuzung koʻrmakka koʻzgu,
Yuzum yuzungga tutsam erdi oʻtru.
Suv istab tushsa oʻtlugʻ koʻnglunga joʻsh,
Labimdin tutsam erdi chashmai noʻsh.
Damo-dam aylabon hamdamligʻingni,
Kecha-kunduz qilib mahramligʻingni.
Tunungda sham’i majlis boʻlsam erdi,
Kun oʻlsa yoru munis boʻlsam erdi.
Chu aylabtur sirehri tezraftor,
Seni bir yon, meni bir yon giriftor.
Kishi gar koʻksini yuz rora qilsun,
Falak bedodigʻa ne chora qilsungʻ!
Aning bedodidin kim boʻlsa noshod,
Qilur jonigʻa bedod uzra bedod.
Necha sen bastai bandu balosen,
Balolar bandi ichra mubtalosen.
gʻamu dardingcha dard imkoni yoʻqtur,
Balou mehnating royoni yoʻqtur.
Vale boʻlmish jahon ahligʻa ma’lum
Ki, ilgingda qotiq xoro erur mum.
Chekarga dardu anduh jur’ating bor,
Balo tortargʻa sabru toqating bor.
Agarchi furqatimdin notavonsen,
Vale ham ersenu ham rahlavonsen.
Agar tugʻyon qilur hijron maloli,
Qilursen oh ila koʻnglungni xoli.
Mashaqqat oʻti qilsa jisminga kin,
BErursen ashk seli birla taskin.
Yetishgach dard chun har yon ketarsen,
Figʻonu roʻya birla daf’ etarsen.
Agar koʻksungga ursang gʻussa toshi,
Vagar joningga mehnat durboshi
(6)
.
Nekim qilsang soʻzi sigʻmas kishining
Ki, bu tavri boʻlur oshiq ishining.
Meni zoru zaifu roshikasta,
Boshimdin to ayoq a’zo shikasta.
Firoqing tigʻidin yuz rora jonim,
Ne jonim, balki jismi notavonim.