Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
58 
library.ziyonet.uz/ 
 
Bilur erdimki tutmish koʻh to koʻh.  
Dedimkim, sizga dey avval xabarni,  
Qilay xandon burun gulbargi tarni.  
Yana sizdin anga ham koʻz tutay soʻz,  
Borib oning yuzidin yorutay koʻz.  
Tavaqquf soʻzgakim dersiz etaymu,  
Yoʻq ersa soʻz, anga botroq ketaymugʻ  
Mihinbonu bu yangligʻ soʻrdi rosux  
Ki: «Yey alfozi xush, diydori farrux.  
Takallumlarki lafzing surdi darham,  
Jarohatliq koʻngulga erdi marham.  
Sening hajringda erduk asru noshod,  
Yana Farhod hajrin qilma xud yod.  
Oʻzungni hajridin ozod qilding,  
Aning hajri gʻamidin shod qilding.  
Nedur ikki qadah tutqon zamon noʻsh,  
Yana zahri halohil tutmogʻing qoʻsh.  
Borur boʻlsang anga e’lomimiz koʻr,  
Soʻzumiz behadu raygʻomimiz koʻr.  
Sumanbar7 holatin ham sharh qildi  
Ki, ne soʻz anglab ushbu dam yiqildi.  
Bihamdillahki, koʻrduk seni bori,  
Ani koʻrgoncha boʻldi e’tibori».  
Debon yigʻlashtilar koʻp ul, dagʻi bu,  
Hazin Shorur ila dilxasta Bonu.  
Ikavlon munglashib, soʻzlar qilib yod,  
Yetishganni falakdin zulmu bedod.  
Debon Shorur ul dilxasta holin,  
Mihinbonu debon mahvash malolin.  
Bu yangligʻ qissalar oʻtkuncha laxte,  
Yotib Shirin nechukkim shoʻrbaxte.  
Dimogʻigʻa tutub har dam buxurot,  
Ani oʻz holigʻa kelturdilar bot.  
Koʻz ochqoch koʻrdi Shoruri hazinni,  
Yana yod etti Farhodi guzinni.  
Biyik un chekti andogʻ bexudona  
Ki, afgʻonidin oʻt chekti zabona  
Ki: «Yey Shorur, qaydin boʻyla yetting,  
Kelibsen fard, Farhodingni nettinggʻ  
Hamul kun mehr koʻsin urmish erdim,  
Borur chogʻda sanga torshurmish erdim.  
Rafiqu yorliq mundoq boʻlurmu,  
Amonatdorliq mundoq boʻlurmugʻ  
Manga oʻz gʻoyibimdin bir nishon ayt,  
Desangkim, hajridin oʻlmay, ravon ayt.  
Gar etsang maksu, nogah chiqsa jonim,  
Yaqin bilkim erur boʻyninggʻa qonim».  
Dedi Bonuki: «Yey jonimgʻa rayvand,  
Labing la’li kelib bagʻrimgʻa rarkand.  
Zamone iztirobing torsa taskin,  
Base soʻz arz etar Shoruri miskin  
Ki, har birdin yetib yuz komu rohat,  
Butar ham yangi ham eski jarohat».  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin