Yengim gulbargidin boʻlgʻonda mahzun,
Yuzung gul-gul qilurmu ashki gulgungʻ
Qilib xolim gʻami koʻnglungga kinlar,
Qoʻnarmu ul yarang uzra chibinlargʻ
Yuzum hajrida toʻksa koʻzlaring suv,
Quyosh ruxsorigʻa boqqung kelurmugʻ
Koʻzung la’lim gʻamidin toʻksa qon yosh,
Boʻlurmu la’l ul qon birla har toshgʻ
Tiling qilsa hadisimdin rivoyat,
Oʻzung birla qilursenmu hikoyatgʻ
Tishim yodida koʻnglung cheksa nola,
Yoshingni sovuq oh aylarmu jolagʻ
Zamiring qilsa ogʻzimni tavahhum,
Adam yoʻlida aylarmu oʻzin Kimgʻ
Zanaxdonim bila zulfi girihgir,
Hazin koʻnglungga erkin chohu zanjirgʻ
Qarogʻim durri ashking qilsa kavkab,
Boʻlurmu koʻzlaring durdin labo-labgʻ
Qadim hijroni boʻlsa kinaxohing,
Chiqormu sarv yangligʻ dudi ohinggʻ
Xayol etsang xiromimdin shamoyil,
Ravoning chiqqali boʻlurmu moyilgʻ
Belimdin za’f boʻlsa koʻnglunga hol,
Boʻlurmu moʻyadin moʻ, noladin nolgʻ
Tanim siymi ichingni qilsa mahzun,
Boʻlur erkin yuzung ul gʻamdin oltungʻ
Maqoming togʻ yo sahromu erkin,
Yoningda bistaring xoromu erkingʻ
Humoyi ishrating ma’dum ekinmu,
Boshinggʻa soya solgʻon bum ekinmugʻ
Kiyik erkin yururda rahnamoying,
Qulon erkin samandi bodroyinggʻ
Sharafdin boʻlgʻon ermishsen Sulaymon,
Mening birla unutma ahdu paymon!
(4)
Vuhush ermish sening ollingda xodim,
Sibo’ ermish tobugʻingda mulozim.
Bahoyim tobii farmoning ermish,
Janohi tayr shodurvoning ermish.
Chu sen torting Sulaymonliq maqomin,
Demon qil manga Bilqis ehtiromin
(5)
.
Agar Bilqisdek yoru azizing
Boʻla olmon, ham oʻlgʻaymen kanizing.
Bir ish Bilqisliqqa boʻlsa mone’,
Sulaymongʻa Pari ham keldi tobe’.
Agar Bilqis boʻlmoq yoʻqsa haddim,
Pariliqdin xud oʻlmas qilsa raddim.
Ne boʻlgʻay erdi charxi zulmresha,
Meni sendin judo qilmay hamesha.
Xiroming chogʻi yoʻldosh oʻlsam erdi,
Sukuning vaqti qoʻldosh oʻlsam erdi.
Quyosh yangligʻ boʻlub kunduz qarining,
Boʻlub tun soya yangligʻ hamnishining.
Tikon kirsa kafinggʻa kinasidin,