Nigoro, mahvasho, iffatranoho,
Jahon mahvashlarigʻa rodshoho!
Sanga haddim yoʻq oʻlmoq nuktarardoz,
Tilarmen itlaringgʻa aytmoq roz.
Nedur koʻyung aro itlargʻa holat,
Farogʻat birladurlar, yo malolatgʻ
Kecha ul koʻy aro qilgʻonda faryod.
Qilurlarmu bu itgan itni ham yodgʻ
Yigʻilib halqa urgʻon mojapoda,
Meni yoʻqlarmu erkinlar apodagʻ
Soʻngak chaynarda aylab qahru kinlar,
Qurugʻ jismim sogʻinurmu ekinlargʻ
Qilurda tu’ma toshdin yonchqon bosh,
Bilurlarmukin yer boshim nelar toshgʻ
Su sori tillari qilgʻon zamon mayl,
Sogʻinurlarmu ashkim suyini selgʻ
Boʻyinlarigʻa sagbon cheksa zanjir,
Sogʻinurlarmu zanjirimni bir-birgʻ
Qilodang tavqidin har dam topib zavq,
Sogʻinurlarmu tushkan boʻynuma tavq?
(1)
Yotib bosh qoʻysalar ul ostongʻa,
Qolur erkinmu yer bu notavongʻagʻ
Bilibkim manga ne yetmish qazodin,
Ulurlarmu ekin har tun azodingʻ
Hinodin qoʻllarin koʻrganda rangin,
Koʻzum qonin sogʻinurlarmu erkingʻ
Rasan torsa boʻyunlarigʻa rayvand,
Bilurlarmu ekin boʻynumda yuz bandgʻ
Bular ichra bor erdi bir zaif it,
Meningdek zoru majruhu nahif it.
Tani zoru soʻngak birla boʻgʻunlar,
Mashaqqat torigʻa solib tugunlar.
Quloqdin ikki yuzga rarda solib,
Yuzin ochmoqqa itlardin uyolib.
Qilibon quyrugʻin sudrarni resha,
Horib ul yukni tortordin hamisha.
Chibinlar jismini majruh etar chogʻ,
Oʻluksa uzra andoqqim suruk zogʻ.
Ichimdek xasta jismining xaroshi,
Boshimdek, dard tufrogʻida boshi.
Ichimda hajr oʻqi solgʻoncha yora,
Qoʻturdin oncha zaxmi oshkora.
Mening zaxmimdagʻi qonlar nihoni,
Nihon aylab aning zaxmini qoni.
Meningdek za’f oʻtidin jonida oʻrt,
Yuzung koʻrmak xayolidin koʻzi toʻrt.
Vafo bobida ikkimizda da’vo,
Muhabbat shartida ham bizda da’vo.
Topib oʻz holatin bu notavonda,
Manga ulfat tutub ul ostonda.
Mening holimgʻa ul aylab tarahhum,
Anga ul nav’kim ahli tana’um.
Koʻrubmen anda mardumligʻ nishoni,