Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
68 
library.ziyonet.uz/ 
 
Bilurmenkim ne kelmish kishvaringgʻa,  
Ne bir kishvarki xaylu chokaringgʻa.  
Vale ulkim erur xaylu sirohing,  
Muteu banda, balkim xoki rohing.  
Alardin gar biri tutsang meni ham,  
Biri ham yoʻqki, tutsang barchadin kam.  
Agar insofni tortib arogʻa,  
Taammul aylasang bu mojarogʻa.  
Manga yetgan baliyat koʻru ozi,  
Bori birla boʻla olur muvozi.  
Desang mehnatqa sen erding sazovor,  
Alargʻa zulm qildi charxi davvor.  
Fido borigʻa joni notavonim,  
Ne qilsang ham turubdur xasta jonim.  
Gar ermas muncha birla ham kifoyat,  
Mening boʻynumgʻa yuklarsen jinoyat.  
Yoʻlingda bor esam tufrogʻdin kam  
Va lekin chiqmadim tufrogʻdin ham.  
Manga ham bor edi erkin diyore,  
Diyorim xayli ichra iqtidore.  
Atom shoyadki xoqon erdi erkin.  
Necha iqlim uza xon erdi erkin.  
Yetib erdi ekin boshimgʻa toji,  
Ayogʻim ostigʻa ham taxti oji.  
Xitou Chin aro oʻn ikki ming shahr,  
Topar erdi ekin hukmum bila bahr.  
Munga loyiq sirohu xaylu johim,  
Tariqi saltanatda dastgohim.  
Yetib chun ishq xayli turktozi,  
Haqiqiy ishq, yoʻq ishqi majozi.  
Balo xayli aro bechora boʻlmoq,  
Diyoru mulkdin ovora boʻlmoq.  
Tuman ming odami gar banda, gar xayl,  
Toʻkub bu soʻg aro ashk oʻylakim sel.  
Ato birla ano qolib azogʻa,  
Necha ming shahr eli ranju anogʻa.  
Alarni davri charx aylab adamvor,  
Mening jismimni xud tufroqqa hamvor.  
Yana koʻrkim, havodis toshidin dard,  
Chiqorib har dam ul tufroqdin gard.  
Azaldin ishq ekan boʻlsa sirishtim,  
Qazodin dardu mehnat sarnavishtim
(3)
.  
Bu ishda kimga tigʻi ta’n uroyin,  
Oʻzumni yoʻqsa kimni yozgʻuroyin  
Ki, yuz mendek, tuman andoqki Xusrav,  
Habo boʻlsa, qazo ollinda bir jav.  
Nekim boʻlsa qazoi osmoni,  
Kishiga boʻlmas isnod etmak oni.  
Qayon erdim, qayon chekti jununum,  
Junundin yova soʻz boʻldi fununum.  
Yozarda nomani hushumdin ozdim,  
Junundin hech bilmonkim, ne yozdim.  
Chu men devona oʻzdin erman ogoh,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin