Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
71 
library.ziyonet.uz/ 
 
Quyi solib boshin andoqki xoma.  
Chiqordi ul savodi anbarolud,  
Savodi xoma yangligʻ boshidin dud.  
Savodi erdi mehnat dudasidin,  
Balo bozori mushki sudasidin.  
gʻam ahlining savodi motami ul.  
gʻalat qildim, savodi a’zami ul.  
Ayoqdin-boshqa dardu gʻam nishoni,  
Bori mehru muhabbat dostoni.  
Xazoni hajr ketmakning navidi,  
Bahori vasl yetmakning umidi.  
Midodi mushki diljoʻyi muhabbat,  
Kelib har harfidin boʻyi muhabbat.  
Hikoyatlar sarosar mahramona,  
Boʻlub har birda zohir yuz nishona.  
Vafodinkim boʻlub har soʻz adosi,  
Boʻlub har soʻzda bir-birning fidosi.  
Burungʻi nomalardin koʻp surub roz.  
Vafou mehr anga anjomu ogʻoz.  
Vafodin va’dau paymonlar aylab,  
Bu paymonlar uza aymonlar aylab.  
Boʻlub koʻp zikr maktub ichra Rarvez,  
Ani deb gohi zolim, gohi xunrez.  
Bitib Armanni vayron qilgʻonini,  
Ulusqa gʻorati jon qilgʻonini.  
Qilib ishqida yuz ming ta’na ogʻoz  
Ki, ulkim, ishq sirridin demak roz  
Ki, chekkay tigʻu urgay ishq lofin,  
Musallam kim tutar mundoq gazofingʻ!  
Quloq ishq ahli solmas boʻyla soʻzga  
Ki, shahliq oʻzgadur, oshiqliq oʻzga.  
Kerak oshiqqa jon — jonon fidosi.  
Tilar ul qilsa jonon — jon fidosi.  
Agar oshiq budur, ma’dum xushroq,  
Visol iqbolidin mahrum xushroq.  
Haq andin asrasunkim, boʻyla oshiq  
Oʻzin koʻrgay murod avjida foyiq.  
Chu ul maqsud bilmish ishqdin kom,  
Mening vaslim xayolidur anga xom.  
Erur bu ishda sa’yu ehtimomi,  
Tamomi harzau zoye tamomi.  
Mening jismimda to jondin ramaqdur,  
Ishim qoʻrgʻonda oʻzni asramaqdur.  
Qazo qilsa meni oning asiri,  
Oʻlumdin chun kishining yoʻq guziri.  
Tanimni aylabon xanjar bila chok,  
Ani qilmay visolimdin tarabnok.  
Bu yangligʻ koʻp hadisi otashangez  
Ki, bir-bir oʻqudi borini Rarvez.  
Balou dard oʻti jonigʻa tushti,  
Tazalzul jismi vayronigʻa tushti.  
Agar insof ila aylab taammul,  
Bilibkim, har nekim yozmishdur ul gul.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin