Ki, zohir qilgʻay ul oy mehribonliq.
Bu oʻq gar tushmasa koʻngliga kori,
Qiloli oʻzga tadbir ixtiyori.
Bu yangligʻ rishtagʻa chun soʻz tuguldi,
May istab shah qadah monand kuldi.
Ketur, soqiy qadahkim, bir gʻamim bor
Kim, ul gʻamdin ajoyib motamim bor.
Malolat xayli qasdi jonim etmish,
Qadah tutkim, qoʻlumdin chora ketmish.
XLVIII Zoli makkora, balki Farhodkushi xunxoraning tigʻi zabonin tez etib, Farhod qatlini angez etgoni,
dogʻi ul togʻ sori azimat etib, Farhod boshigʻa ajaldek yetgoni va aning hayot qushi qasdigʻa
makr rishtasi domin ochib, tazvir ashki donasin sochqoni va jismi qafasin marg sangboroni bila
sindurgʻoni va umri bulbulin ul pora-pora qafasdin uchurgʻon
Bu motam navhasozi oʻrtabon dogʻ,
Aningdek soʻz yuziga urdi tirnogʻ
Ki, chun ul nav’ tadbir etti Rarvez,
Topib kelturdilar bir hiylatangez.
Qadi ikki bukulgan rir zole,
Falak zoli kibi hiylat sigole
(1)
.
Xututi makrdin yuzinda yuz chin,
Tiliga oʻtmayin umrida soʻz chin.
Chu soz aylab fusunu hiylai shum,
Qoʻlida xora yumshab, oʻylakim mum.
Berib surgach fusunliq mojaroni,
Atogʻa qizni, oʻgʻulgʻa anoni.
Qoʻyub koʻnglin chu afsunu hiyalgʻa,
Quyoshni aylabon oshiq Zuhalgʻa.
Atab koʻk rir zoli xola oni,
Ano deb Dallat ul-muhtola oni
(2)
.
Yetib tadbir ila ul xolani bikr,
Har oqshom Dallat ul-muhtolani bikr.
Kuyovga aqdidin sobit qilib sud,
Arastu boʻlsa aylab oni xushnud.
Qachon nosozliq aylab ipoda,
Buzub bir soʻz bila yuz xonvoda.
Naxud folidin ahkomi yako-yak,
Jave yoʻq elga ul ahkom aro shak
(3)
.
Qilib hukm ichra yuz Buqrotni Kim.
Bisotida naxudlar misli anjum.
Urargʻa zulm tigʻin tezhush ul,
Demaykim tezhush, Farhodkush ul.
Chu hozir qildilar majlisqa oni,
Dedilar borcha ahvoli nihoni.
Qilib koʻp va’da birla koʻnglini garm,
QOʻpub ul yoʻlgʻa tushti, qilmay ozarm
Ki, gar Farhod boʻlsun koʻhi roʻlod,
Beray afsun bila bir damda barbod.
Necha kun qat’i dasht aylab rayoray,
Gahi dashtu gahi vodi qilib tay.