Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
75 
library.ziyonet.uz/ 
 
Muhiqsen, billahu vallah muhiqsen!
(5)
  
Vafosizliq jahon ahligʻa xoʻdur,  
Vafo eldin alargʻa justujoʻdur.  
Boʻlur ma’lumkim bir amri noxush,  
Zamiring bu sifat qilmish mushavvash.  
Magar Armanda amre boʻldi tori  
Ki, yuqti koʻnglunga oning gʻubori».  
Dedikim: «Yey oʻgʻul, chindur kaloming,  
Javobin dogʻi chin aylay rayoming.  
Vido’ etmish bu kishvardin amonligʻ,  
Amonligʻ oʻrnigʻa kelmish yamonligʻ.  
Nihoyatdin erur koʻp anda ofot,  
Vale bukim ayon boʻldi bu avqot.  
Mihinbonu bila Xusrav yaroshti,  
Xususiyat apoda haddin oshti.  
Solib rayvand ishin Xusrav arogʻa,  
Bu ham berdi rizo ul mojarogʻa.  
Iki yondin yoyib vuslat bisotin,  
gʻanimat bildi el ayshu nishotin.  
Aningdek fisq ila lahv oʻldi oyin  
Ki, boʻldi bartaraf islom ila din.  
Qolib may seligʻa ul kishvaru taxt,  
Saloh ahli arodin chektilar raxt.  
Chu har kim bordi bir yon zoru gʻamnok,  
Bu sori soldi men gʻamginni aflok.  
Vale bu turfaroqkim, ul jamoat,  
Unuttilar chu oyini salomat.  
Xudo soldi apoda ranji jovid,  
Murodidin borini qildi navmid».  
Tana’um shomi sham’idin borib nur,  
Mubaddal boʻldi motam birla ul sur.  
Hamul gulruxki, derlar oni Shirin,  
Bu ma’nidin ekandur asru gʻamgin.  
Chu boʻldi aqd amri oshkoro,  
Chekib gardungʻa afgʻon bemadoro.  
Oʻziga qatl tigʻin urdi filhol,  
Oʻzin bu gʻussadin oʻlturdi filhol.  
Dedi ba’ziki: «Noʻsh etgan durur zahr  
Ki, boʻlgʻay noʻshidin Rarvez bebahr».  
Bori taqdir ila ul sarvi navxez,  
Baqo mulkiga soldi gomini tez.  
Anga oshiq emish bir zori noshod,  
gʻaribe, dardmande oti Farhod.  
Firoqi ichra yub ilkini jondin,  
Aning ishqi bila bordi jahondin.  
gʻamidin ohu afgʻon birla bordi,  
Aning vaslidin armon birla bordi.  
Ishe qildiki, kelmas ul kishidin  
Ki, yuz shayullah oning ul ishidin.  
Ne ruhi pok edi ul sarvi cholok  
Ki, keldi pok, oxir bordi ham pok.  
Chekib Farhod uchun ohi halokin,  
Aning yodida berdi joni pokin.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin