Ham oxir yeshti ul togʻ uzra mahmil
Ki, tutmish erdi Farhod anda manzil.
Ravon oning sori boʻldi ravona,
Yasab koʻnglida yuz muhlik fasona.
Hisobi makrini qilmoqqa tavzih,
Osib sindurgʻudek boʻynigʻa tasbih.
Taharmuz tor-rudi birla miqna’,
Talavvun jinsi jinsidin muraqqa’
(4)
.
Degil Maryam haramda tormayin kom,
Kelibdur Tur uza tutmoqqa orom.
Koʻrub Farhod yerdin qoʻrti filhol,
Salomigʻa, alifdek qad qilib dol.
Savol etti kelur kayfiyatini,
Bu kelmaktin ne erkan niyatini.
Dedi qalb oyati xolis namuna,
Urub holigʻa na’li bozguna
Ki, bordurmen zaifi xastajone,
Ulusdin rishta uzgan notavone.
Oʻn-oʻn besh yil maqomim xilvat erdi,
Ishim xilvatda Haqqa toat erdi.
Jahon ichra kishi birla ishim yoʻq,
Ishim bu — Tengridan oʻzga kishim yoʻq.
Chu Arman mulkida amniyat erdi,
Mening holimgʻa bu kayfiyat erdi.
Bu shohekim, kelibtur oti Rarvez,
Aningdek fitna oʻtin ayladi tez
Ki, eldin bordi zavqi xonumoni,
Eshitmish boʻlgʻasen sen dogʻi oni.
Chu ul mulk ahli boʻldi munqalib hol,
Manga ham munqalibvash boʻldi ahvol.
Huzuri toat anda qolmadi hech,
Dedimkim, erta kunni qilmayin kech.
Xaloyiqdin yiroqroq tiyra gʻore,
Toray yonida oning chashmasore.
gʻizou qut olib zikri nihondin,
Kiray andoqki, hargiz chiqmay ondin.
Ajaldin yetsa umrum xayligʻa zoʻr,
Hamul tiyra magʻok oʻlgʻay manga goʻr.
Kezar erdim bu savdodin mushavvash
Ki, keldi koʻngluma bu sarzamin xush.
Yumishmen umrdin garchi ilik men,
Vale bu togʻ aro men to tirikmen.
Vafosizdur chu xayli odamizod,
Vafosizni ne qilsun odami yod.
Qaro toshdin vafou mehr umidin
Tama’ qilmoq boʻlur, yoʻq odamidin!
Eshitti chun bu afsunlarni Farhod,
Bagʻoyat boʻldi andin xotiri shod.
Tabarruk istabon tufrogʻin oʻrti,
Niyoz aylab, oyogʻin dogʻin oʻrti.
Dedi: «K-ey orazingda nuri tavfiq,
Zamiring maxzani asrori tahqiq.
Bukim dahr ahligʻa nomuttafiqsen,