Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy
77
library.ziyonet.uz/
Urub tosh uzra mahkam har zamon bosh
Ki, borib bosh, onsiz qolgʻusi tosh.
Yetib har neki bor ashkin ravona
Ki, yigʻlardin qutuldung jovidona.
Koʻnguldin tashladi har sori marham,
Ushotib anda novaklarni darham
Ki, oʻtti andin ishkim, yora butgay,
Ajal raykoni etgan rora butgay.
Momugʻlar tashladi har yon tugandin,
Ochib yuz chashma qon majruh tandin.
Tuganlar momugʻidin har yon ul togʻ,
Ochib yuz lola, lekin borcha bedogʻ.
Chekib zaxmini tikkon rishta har yon,
Solib ul tori xunogʻushta har yon.
Bu yangligʻ raxnalar birla ochib ul,
Ajal kirmakka, jon chiqmoqqa ham yoʻl.
Ajal koʻksini rora-rora aylab,
Chiqorgʻa xayli umri chora aylab.
Chiqib koʻngli oʻtidin dudi anduh,
Tutub mehnat sahobi vodiyu koʻh.
Boshi ustida oning zor yigʻlab,
Yomon holigʻa majnunvor yigʻlab.
Yarodin jismi sarto-sar ochib gul,
Bu gullar qatra qonlardin sochib gul.
Sochilgʻon gul bila atrofi gulrez,
Dema gullarki, oʻtlar sochilib tez.
Guli zohir qilib har yon guli dard
Topib davron oʻtidin otashin vard.
Debon boshimni yonch, ey charxi zarkor
Kim, ul ermas bukundin nori darkor
(1)
.
Koʻzum oʻy, ey baliyat qahramoni
Kim, ul koʻrmas bu kundin soʻngra oni.
Tilim, ey tigʻi gʻam, kes betavahhum
Ki, emdi istamon ondin takallum.
Damim yoʻlini tut, ey charxi kinxoh
Ki, bordi emdi chekmak nolau oh.
Oyogʻim sindur, ey anduh toshi
Ki, ketti roʻyadin emdi xaroshi.
Tanimni gʻayr kuydurgil demasmen
Ki, bu dard oʻtidin rozi emasmen!
Ajal, koʻksumni sarto-sar shigof et,
Borurda ranjdin koʻnglumni sof et!
Taab, koʻnglumni yuz ming rora ayla,
Adam sori borin ovora ayla!
Falak, bagʻrimni qil rarkand-rarkand
Ki, emdi bordi ondin bizga rayvand!
Manga, ey ishq, hamdardona bording,
Qusure qilmading, mardona bording.
Boshimdin emdi, ey hijron gʻami, kech,
Xudo yoringki, taqsir etmading hech!
Tanim tufroqqa, ey gʻam, muttasil qil,
Nekim mendin sanga yetmish, bihil qil.
Tilab qatlim boshimdin oshqil, ey yosh,
|