Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
85 
library.ziyonet.uz/ 
 
Ketur, soqiy, menga bir jomi qotil,  
Labolab aylabon zahri halohil.  
Chu tortim ishq aro Farhodvashliq,  
Qilay ul jom ila Farhodkushliq!  

Dahr evi bunyodsizligʻidakim, bir toʻda tufrogʻdurur suv ichinda va charx gunbadi 
baqosizligʻidakim, bir mutaharrik hubobdurur suv ustida va bu obo va ummahot zodasidinki, 
inson boʻlgʻay — vafo imkoni yoʻq muqtazosidin Xusrav bila Mihinbonu yarashqoni va 
qoʻrgʻonda qabalgʻonlarning togʻ va dashtqa butrashqoni va Shirin mizoji Farhod oʻlumidin 
oʻlum holiga yetgan uchun ani Armaniya togʻining ravonoso fasosi va ruhafzo havosigʻa 
yiborganlari 
Jahondin rahrav ersang bogʻla mahmil  
Ki, osoyish yeri ermas bu manzil.  
Nedin derlar jahonni rub’i maskun  
Ki, uch rub’idur oning suvgʻa madfun.  
Kishi nokom qaygʻu uzra boʻlgʻay  
Ki, tushgan manzili suv uzra boʻlgʻay.  
Havodis tundbodi solsa bir mavj  
Ne tong, suv tutsa ul rub’ uzra ham avjgʻ!  
Muni ma’man dema, degil xarobe,  
Muni maskan dema, degil hubobe.  
Hubob ar suv uza gunbaznishondur,  
Ruf etkach ul hamondur, suv hamondur.  
Uyekim bir nafasdin boʻlsa barbod,  
Ne qoʻysun oqil andogʻ uyga bunyodgʻ!  
Bu yangligʻ uyda ya’ni tursa boʻlmas  
Ki, forigʻ anda bir dam ursa boʻlmas.  
Hubob ermas erur bir toʻda tufroq,  
Ne boʻlgʻay suv aro tufroq ishi boq!  
Bu tufroq tegrasida charxi doyir,  
Nechukkim oshyon davrida toyir.  
Ajab toyirdurur charxi mutabbaq,  
Ishi urmoq kabutardek muallaq
(1)
.  
Kabutar gar tutar orom oʻlub rom,  
Anga ne rom boʻlmogʻliq, ne orom.  
Hamonokim erur sahroyi ohang,  
Bu ma’nining dalilidur anga rang.  
Kabutar yoʻq, kabutarxonadur ul,  
Dema anjumki, sochqon donadur ul.  
Kabutarbozin ustodi qazo bil,  
Nekim ul aylasa avlo, rizo bil!  
Kabutar sayd oʻlur, sayyod erur bu,  
Dema sayyodkim, jallod erur bu.  
Hilolu mehr oning tashtu tigʻi,  
Qilurgʻa qatl yoʻq hayfu darigʻi.  
Yelidin mohvashlar bagʻri rora,  
Nechukkim zarra, behaddu shumora.  
Erur mashhurkim jallodi magʻbun,  
Chu ming qon toʻksa aylar tigʻ madfun.  
Bukim ming kimsa har kundur qatili,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin