Falak chun zohir etti boʻyla san’at,
Qilib Sheruya birla borcha bay’at
Tutub Xusravni mahbus ayladilar,
Yuziga raxna madrus ayladilar.
Chu ul boʻldi muqayyad qildilar jahd
Ki, qilgʻaylar ani tufroqqa hammahd
Ki, nogah uzmagay ul qush bu domin,
Alargʻa zohir aylab intiqomin.
Nayomidin chiqorgʻay tigʻi bebok,
Alardin yer yuzini aylagay pok.
Oʻgʻul qatl etgali ohang qildi,
Ato qonigʻa tigʻin rang qildi
(1)
.
Oʻgʻul qilmadi oning qasdi joni
Ki, davron istadi Farhod qoni.
Agar Farhodqa zulm etti Xusrav,
Yevaz bot ayladi charxi sabukrav.
Anga gar bu yeturdi tigʻi bedod,
Munga davron keturdi tigʻi roʻlod.
Toʻkub qon xalq bagʻri yorasidin,
Ham oqti qoni bagʻri rorasidin.
Agar qotil gado, gar komrondur
Ki, shar’i ishq aro ham qongʻa-qondur.
Falak cholok erur gar zulm chogʻi,
Erur chobuk mukofotida dogʻi.
Birovgʻakim, birovdin yetti ofot,
Hamonokim qatigʻroqdur mukofot.
Birovkim rishtaye uzdi jafodin,
Yevaz tutmoq kerak koʻz ajdahodin.
Kim etti kul bir uchqunni nihoni
Ki, barqi qilmadi kul oxir onigʻ!
Qasos amrida davron keldi cholok,
Dema davronki, soyir toʻqquz aflok.
Sitamdin bas ilikni chekmak avlo,
Vafou mehr tuxmin ekmak avlo.
Chu mazra’ ichra sochting har ne dona,
Hamul dona, koʻtargung jovidona.
Chu mahsulidin oʻlmas kimsa qochmoq,
Keraktur yaxshiliq tuxmini sochmoq
Ki, Xusrav zulm tigʻin urdi chun tez,
Ham urdi zulm tigʻi charxi xunrez.
Agar Sheruya dogʻi etti bedod,
Anga dogʻi falakdin yetti bedod.
Chu ul bu ishni qildi bemadoro,
Xilofat koʻsin urdi oshkoro.
Chiqib taxt uzra qoʻydi boshigʻa toj,
Qoshida tojvarlar boʻldi muhtoj.
Chekib Bonuni oʻtkan mojarogʻa.
Sanam aqdida soʻz soldi arogʻa.
Dedi Bonuki: «Mahvash notavondur,
Mizojida takassurdin nishondur.
Agar zotigʻa sihhat qilsa yori,
Erur oʻz ilgida oʻz ixtiyori.
Necha ul oydin ayru kishim yoʻq,