Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
96 
library.ziyonet.uz/ 
 
Oʻzi ma’ruz qilgʻon ham xayolot.  
Chu ul bu kayfiyatdin boʻldi ogoh,  
Anga oʻz taxti mahdin qildi hamroh.  
Iki-uch yuz kishi aylab mulozim,  
Hamul maqsudi sori qildi ozim
(4)
.  
Buxuru udu soʻzu, nofai tiyb,  
Nihoyatsiz qilib shohona tartib  
Ki, koʻhsor ichra topib koʻhkanni,  
Balo togʻi kibi jonsiz badanni,  
Amori ichra solib shoh monand,  
Falak mahdi ichinda moh monand.  
Keturgaylar badanni jon qoshigʻa,  
Badan yoʻq, jonni bal jonon qoshigʻa.  
Borib Shoruru ul xayli sitamkash,  
Anga tegruki ul maqtuli gʻamkash.  
Koʻrubkim halqa urmishlar dadu dom,  
Tutub ul nuqtadek davr ichra orom.  
Bulardin koʻhiyu dashtiy qilib ram,  
Alar oʻrnin tutub bir dam bular ham.  
Muborak jismini nur ichra topib,  
Hariru hulla birla oni yorib.  
Qilib shohona bori ehtiromin,  
Parivash mahdida aylab maqomin.  
Qilib Shoruri miskin nolalar koʻr,  
Uzub oʻz jismidin rargolalar koʻr.  
Amorini qoʻyub boʻynigʻa bori,  
Kishidin royalar topib amori.  
Figʻon birla vido’ aylab dadu dom,  
Hamul yer tegrasida topib orom.  
Alar kelturdilar Armangʻa oni,  
Qoʻyub qasr ichra mahvashdin nihoni.  
Chu bori ishni tayyor ayladilar,  
Parivashni xabardor ayladilar.  
Chu mahvash bildikim ne ish ochilmish,  
Nechuk mehmon shabistonigʻa kelmish.  
Yuzi ul mujdadin guldek ochildi,  
QOʻpub mehmonsarogʻa azm qildi  
Ki, mehmonigʻa qilgʻay mizbonliq,  
Demaykim mizbonliq, jonfishonliq.  
Bakulliy raf’ oʻlub ranju maloli,  
Simo’ aylab surud aytib visoli.  
Dedi Bonugʻa: «Budur iltimosim  
Ki, bir dam tutmagʻaylar xalq rosim  
Ki, ul yoreki mahrum erdim ondin,  
Toʻyub erdim gʻamida xasta jondin.  
Eshitgan birlakim Shirin oʻlubtur,  
Mening dardimdin ul miskin oʻlubtur.  
Vafodin qilmamish ishqimda taqsir,  
Bu dam navbat manga yetmish, ne tadbir.  
Gar ul ishqimda hirmon birla ketti,  
Vale ishqi kamolin sobit etti.  
Manga ham bor edi ishqida lofe,  
Tilarmen boʻlmagʻay lofim gazofe.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin