Jahonda ishq tarhin soldi bunyod.
Aningdekkim kechib sultonligʻidin,
Jahon mulki ichida xonligʻidin,
Murodu orzudin tortibon qoʻl,
Havoyi nafs sori tutmayin yoʻl,
Boʻlub ma’shuqidin hirmon bila xush,
Balovu mehnati hijron bila xush,
Vujudin oʻrtab otashnok ishqi,
Solib oʻt olam ichra pok ishqi.
Kechib avval diyoru xonumondin,
Vale soʻngra jahondin, balki jondin.
Oʻtar dam oʻyla foniy boʻldi mutlaq
Kim, ul ishqini boqiy ayladi Haq.
Vujudin oʻrtab ul soʻzu gudozi,
Haqiqatqa badal boʻldi majozi.
Tutub soqiyi vahdat jomi tavfiq,
Nasibi ayladi Haq rohi tahqiq.
Baqo shahrida sultonliqqa yetti,
Haqiqat mulkida xonliqqa yetti.
Aning dardida koʻrganlar vaqoye’
Ki, qildilar murodu kom zoye’.
Kechib iqboli beroyonlaridin,
Ilik bori yudilar jonlaridin.
Alar ranjini ham Haq zoye’ etmay,
Munga xijlatlarini shoye’ etmay.
Ato birla ano oʻlmishlar erdi,
Firoqinda fano boʻlmishlar erdi.
Yana Shirin kibi ma’shuqi cholok,
Aning hijronida Bonuyi gʻamnok.
Bularning ham aning komi uchun Haq,
Qilib bori gunohin mahv mutlaq.
Borigʻa bahri rahmat roʻzi etti,
Bu yangligʻ bogʻi jannat roʻzi etti.
Berib bu qasri davlatni muabbad,
Riyozi xuldni tutti muxallad.
Bular aylab anga jonlarni rayvand,
Aning vasli bila jannatqa xursand.
Vale vahdatda joni poki oning.
Boʻlub Haq birla istihloki oning.
Bu tush koʻrganlar uygʻongʻoch hamul dam,
Boʻlub voqif bu ishdin ahli olam.
Chu dahr avroqin axtardim bagʻoyat,
Bu yangligʻ dogʻi tortim bir rivoyat
Ki, oshiqliq aro Farhodi mahjur,
Chu boʻldi borcha olam ichra mashhur.
Yetishti ahli kufru dingʻa dogʻi,
Xabar bordi Xitou Chingʻa dogʻi.
Vale ul xitta avzoigʻa taqdir,
Solib erdi base tabdilu taygʻir.
Aning hajrida Xoqon oʻlmish erdi,
Kichik qardoshi xoqon boʻlmish erdi.
Ano dogʻi ani istarga jozim
Boʻlub erdi fano mulkiga ozim.