Burun aylar xiradning koʻzlarin koʻr.
Boʻlur magʻlub, kim boʻlsa havaskesh.
Bu ishta teng durur sultonu darvesh.
Aning zotigʻa chun tab’i muhavvis,
Tanosubsiz hunarlar qildi munis.
Koʻrub xoqoni Chin farzandin ul tavr,
Koʻp etti man’igʻa ham lutfu ham javr.
Chu koʻrdi mumkin ermas tarki odat
Ki, zotiydur shaqovat yo saodat.
Ul ishdin necha boʻldi fikrat ohang,
Koʻrundi saltanat nomusigʻa nang.
Zarurat birla jondin uzdi rayvand,
Dedi: qilsun safar farzona farzand.
Chu ul olamda urdi sayr uchun gom,
Ul ishlar boshigʻa tushti saranjom.
Bu maydongʻa chu Ashraf
(11)
surdi markab,
Bu soʻzni oʻzga nav’ etti murattab.
Yana boʻlgʻon ekan bu noma marqum,
Vale roqim emastur yaxshi ma’lum
(12)
.
Uchovkim chektilar bu jomi sofi,
Bu yangligʻdur guzorish ixtilofi.
Chu Xusrav surdi bu rangin fasona,
Dedi soʻz avvalidin ham nishona.
Manga ham chun bu pok insho koʻrundi,
Bidoyatdin demak avlo koʻrundi.
Ne soʻzkim bilmagaylar ibtidosin,
Xush ermas necha xoʻb etsang adosin.
Gar imon elga rahmatdin nishondur,
Va lekin chun alifsizdur yamondur.
Agarchi shamsni oltun koʻrar his
Vale chun shindin ayrildi boʻlur mis.
BErur mehnat tuniga sham’ yogʻdu,
Chu oʻchti shu’lasi boʻldi qarongʻu.
Mangakim soldi shomi gʻam nihon soʻz,
Desamkim yorutay bu sham’i jonsoʻz
Boshida boʻlmasa zarrin livoyi,
Shabistongʻa netib solgʻay ziyoyi.
Umidim ulki, bu sham’i Tirozi
Ki, boʻldi jon uyining jilvasozi,
Quyoshdek charx ayvonin yorutqay
Ki, oning rartavi olamni tutqay.
Keturgil, soqiy, ul sham’i duraxshon,
Demay sham’i duraxshon, mehri raxshon
Ki, mehr etgach ayon togʻ uzra anvor,
Chiqay togʻ uzra men ham Koʻhkanvor.
[X] Tezrav xomani mistar shohrohigʻa kiyurmak va sodaroʻ noma maydonini shoh madhi ayturgʻa
kirrik bila sururmak, balki obdor nuktadin suv urub ul xomani maddohlardek bu maydongʻa
solib ma’raka tutmak va bu garm ma’raka birla har maddoheki bir