Nekim istarsen ollinggʻa ketursun.
Falak yangligʻ biyik himmat bu boʻlgʻay,
Quyosh yangligʻ arigʻ niyat bu boʻlgʻay.
Falak surtub jabinlar himmatinggʻa,
Quyosh deb ofarinlar niyatinggʻa,
Ki, koʻzni bas rafe’ ayvongʻa solding,
Biyikrak toʻraning turrogʻin olding
(4)
.
Agar turrogʻ tutsang boʻlsun oltun.
Oqizsang qatrai xay–durri maknun.
Kishikim ichsa himmat bazmidin jom,
Topar ul jomdin komin saranjom.
Ne qushkim boʻlsa himmatdin qanoti,
Emas rast oshyongʻa iltifoti.
Ochib himmat qanotin nasri toyir
(5)
,
Erur gardun shabistonigʻa soyir.
Kim oʻlsa himmat ilkidin kushodi,
Ne torsunkim, torilgʻondur murodi.
Biyiklik keldi himmatdin nishona
Ki, himmatsizni rast etti zamona.
Havo tutti chu aylab rashsha ta’jil,
Anga ojiz durur turrogʻ uza ril.
Havoyi mushk urdi koʻk sori yuz,
Qaro shomin yorutti necha yulduz.
Chu naqqob etti yer qozmoqni resha,
Tiriklay goʻr aro kirmish hamesha.
Chu sen ham boʻyla himmat zohir etting,
Taraddud yoʻqki, maqsudunggʻa yetting,
Va lekin Tengrigʻa aylab tavakkul,
Aningdek ayla avvaldin taammul
Ki chun bu uyda qilgʻung naqshi debo,
Kerak uy tarhi dogʻi boʻlsa zebo.
Agarchi nazmi dilkash tushsa masmu’
Aning afsonasi ham boʻlsa matbu’.
Burun jam’ et nekim boʻlgʻay tavorix,
Borida ista bu farxunda tarix.
Torilgʻay shoyad andogʻ bir necha soʻz,
Soʻz aytur elga ul yon tushmagan koʻz.
Ani nazm etki tarhing toza boʻlgʻay,
Ulusqa mayli beandoza boʻlgʻay
(6)
.
Yoʻq ersa nazm qilgʻonni xaloyiq
Mukarrar aylamak sendin ne loyiq.
Xush ermas el soʻngincha raxsh surmak,
Yoʻlikim, el yugurmishtur yugurmak.
Biravkim bir chamanda soyir erdi,
Nechakim gul ochilgʻon koʻrdi, terdi.
Hamul yerda emas gul istamak xoʻb,
Bu boʻston sahnida gul koʻr, chaman koʻr.
Chu bu soʻzlarga fikr etti zamirim,
Koʻrundi borcha ma’ni dilrazirim.
Qilib koʻnglumni bu andisha shaydo,
Tavorix ayladim har sori raydo.
Nazar aylab borin avvaldin-oxir,