Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
20 
library.ziyonet.uz/ 
 
Boʻlub boshdin-ayoq ollimda zohir.  
Torildi oncha soʻzkim, komim erdi,  
Quyuldi oncha maykim, jomim erdi.  
Bu durlar chunki manzum oʻlgʻusidur,  
Quloq solgʻongʻa ma’lum oʻlgʻusidur.  
Ki, bu bahr ichrakim royon anga yoʻq,  
Yetishmak qa’rigʻa imkon anga yoʻq.  
Yetishgan el necha dur olgʻon ermish,  
Ne oliyqadr durlar qolgʻon ermish.  
Ki chun men zori besarmoya yettim,  
Terib bu dilrabogʻa zevar ettim.  
Bu gulshanniki rashki naqshi Chindur,  
Nasimi ham, guli ham otashindur
(7)
.  
Boʻlurdin dahr boʻstonida mavjud,  
Emasdur gʻayri soʻzu dard maqsud.  
Ki, ishq ahlidin oʻlgʻay dostone,  
Muhabbat xaylidin qolgʻay nishone.  
Vale chekkanlar ushbu jomdin roh  
Sarosar boʻldilar Xusravgʻa maddoh
(8)
  
Ki, mulki andoqu, oyini mundoq,  
Sirohi andoqu, tamkini mundoq.  
Gahe Shabdezi olamgardidin deb,  
Zamone ganji bodovardidin deb.  
Nishoti bazmida xonlar murassa’,  
Ne xonlar, qasru ayvonlar murassa’.  
Ichib gah Borbad lahni bila may,  
Gahi Shorur daston deb rayoray.  
Buzurg Ummid hikmatjoʻyi oning,  
Ne hikmatjoʻ, xushomadgoʻyi oning.  
Topib gah Maryam ogʻushida orom,  
Shakar halvosidin gohi olib kom.  
Boʻlub Shiringʻa oshiq rodshahvor,  
Goh ul mahbub oʻlub, gohi rarastor.  
Yaqindurkim bu shohi nozrarvard,  
Erur dardu balo oyinidin fard.  
Apoda tek bir-ikki doston ham,  
Debu Farhoddin aytib nishon ham  
Ki, bir xoroshikofi koʻhsori,  
Boʻlub Shirin gʻamining beqarori.  
Necha kun vasl uchun aylab taku dav,  
Ani ham oʻlturub tosh ichra Xusrav.  
Agarchi kilk naqsh aylab nigorish,  
Topibdur doston mundoq guzorish.  
Vale nazmida har ustodi mohir,  
Chekibdur oncha qiymatligʻ javohir  
Ki, darkidin erur andesha hayron,  
Havosu aqli hikmatresha hayron.  
Alar nazmining ollinda meni zor,  
Chu fahm ettimki koʻp koʻr Kimdur ozor.  
Zaruratkim solib bir oʻzgacha tarh,  
Bu mehnatnomani qilgʻumdurur sharh
(9)
.  
Agarchi yoʻq turur durluq taloshi,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin