Duru gavhar xayolin jongʻa soldi,
Munungdek bahri beroyongʻa soldi.
Buyurdi solmoq ochib rechu tobin,
Falak burjigʻa oʻrgamchi tanobin.
Balo togʻigʻa zoʻr izhori birla,
Keturmak naqb qoqum xori birla
(1)
.
Qalam bargu guli nasringʻa surmak,
Raqam Farhod ila Shiringʻa surmak.
Munga dogʻi zarur erdi taaqqul,
Chiqormoq bir tikandin yuz tuman gul.
Zaruriy boʻldi avzoigʻa tagʻyir
(2)
Ki, dilkash boʻlgʻay ushbu safha tasvir.
Yana bois bukim, ishqi baloshoʻr,
Bir oʻtdin aylab erdi jonima zoʻr
(3)
.
Tilim xud bor aning ta’rifida lol,
Qilay xomam tilidin sharhi ahvol.
Hazin jonimda bor erdi baloye,
Baloligʻ ishq ila haryon havoye.
Birov ishqi solib jonimgʻa anduh,
Mashaqqat toshi yuklab koʻh to koʻh.
Boʻlub zulmi oʻtidin xasta jonim,
Qarorib dudi birla xonumonim.
Birov yoʻq, kofiri qotilnihode,
Rarivash, devzulme, hurzode.
Koʻzining kufridin yuz jongʻa ofat,
Tuman ming kishvari imongʻa ofat.
Sirohi zulm ila chun kelturub zoʻr,
Jahon mulkiga solib gʻorati gʻoʻr.
Koʻzi solgʻoch koʻngul kunjigʻa oshub,
Boʻlub kirpiklari sabru xiradroʻb.
Tushub olam aro gʻavgʻosi haryon,
Jahon mulkida vovaylosi haryon.
Farang ahlida zulmining figʻoni
(4)
,
Xitou Chinda javri qoʻzgʻaloni.
Shafaqgun may sori chun qoʻl uzotib,
Chu axsumlab quyosh jomin ushotib.
Kelib ul boʻlgʻoch el qatligʻa moyil,
Ajal tigʻu kafan aylab hamoyil.
Chu bogʻlab bodro javlonigʻa bel,
Falak avroqin eltib har taraf yel.
Junundin aqlkush, bal durdkash ham,
Rari ruxsora, bal devonavash ham.
Meni mahzunni ishqi barqraftor,
Ul ofat oʻtigʻa aylab giriftor.
Falak zulm aylabon men mubtalogʻa
Ki, aylab mubtalo andoq balogʻa.
Ichimni dard etib mahzun aningdek
Ki, mahzun boʻlmagʻay Majnun aningdek:
Boʻlub vayrona koʻnglum gʻam qushidin,
Malomat toshi yogʻib toʻsh-toʻshidin.
Junun koʻnglumni dashti gʻamgʻa solib,
Ne gʻam, har lahza bir olamgʻa solib.