Qayu rili zamon, rili damondek.
Ki, topib mast boʻlmoq reshasin ul,
Musaxxar aylasun soʻz beshasin ul.
Kel, ey soqiyki14, tushmish jonima joʻsh,
Ketur bu iki yodi birla bir qoʻsh;
Alar ishqida noʻsh aylab iki jom,
Tutay Jomiy15 mayi madhin saranjom.
[VII] Hazrati shayxul-islomiy mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy (umrlari uzaysin) madhidakim
bu labtashnai vodiyi hayratqa muningdek ma’ni bodasining jomi aning himmati mayxonasining
suvchilaridin dam-badam toʻldi va aning duosi piymonasining soqiylaridin labolab boʻldi
(1)
Iki pil oʻlsa Xusrav yo Nizomiy,
Erur yuz ril chogʻligʻ ril Jomiy.
Muhabbat jomi durdoshomi uldur,
Hamono Zindarili Jomi
(2)
uldur.
Koʻrub sarmasti jomi vahdat oni,
Demishlar Zindarili hazrat oni.
Chu ul may durdidin boʻlmish xuroʻshi,
Safo ahlidur oning durdnoʻshi.
Mayi tahqiq etar holatda oshom,
Chekib lojur’a gar gardun erur jom.
Boʻlub zohir fano timsoli andin,
Tutub olamni olam xoli andin.
Fano ul nav’ etib naf’yi vujudi
(3)
Ki, yer topib nabud oʻrnida budi.
Boʻlub andoq fano dashtida ma’dum
Ki, sayri shohrohi xatti mavhum.
Bu xatqa nuqtakim mavjud emastur,
Xirad ollinda juz nobud emastur.
Fano mulkida jismi oʻyla foni
Ki, fahm aylab savodi a’zam oni.
Jahonni kim qila olgʻay tavahhum
Ki, boʻlgʻay nuqtai mavhum aro Kim.
Oʻzin xud bir jahoni begaron bil,
Kamolotin oʻzidek bir jahon bil.
Jahon ichra jahonkim torti muknat,
Solib iki jahon ahligʻa hayrat.
Jahon yoʻq, olami kubro5 de oni,
Jahonda maqsadi aqso6 de oni
Ki, harne olami sugʻro7da mavjud,
Bori bu olami kubpoda mavjud.
Boshikim tark tojidin barumand,
Boʻlub tojigʻa gardun tugma monand.
Libosi faqri kengrak yuz jahondin,
Jahon silki kelib bir rishta ondin.
Zamiri lujjai zaxxori ma’ni,
Kalomi gavhari shahvori ma’ni8.
Oʻzi daryo, soʻzi durdek muhayyo,
Yana ma’nidin ul dur ichra daryo.