Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
10 
library.ziyonet.uz/ 
 
Nasib oʻldi maqomi «qoba qavsayn»
(9)
.  
Oʻzin Kim aylabon, lekin topib Haq,  
Koʻrunmay kimsa Haqdin ayru mutlaq.  
Vujudi koʻrmadi juz Haq vujudi,  
Tuzuldi Haq kalomidin surudi.  
Surudi nagʻmau lahni kamohi,  
Shafoat aylamak ummat gunohi.  
Chu aylab Haq tilidin ul shafoat,  
Boʻlub ham Haq javobidin ijobat.  
Topib chun vasl etib mundoq havas ham,  
Havas qilgʻangʻa topib dastras ham.  
Yonib chun muncha mulku hashmat olib,  
Tani yonib va lekin joni qolib.  
Borurda qolibi xokini tortib,  
Kelurda ruh aflokini tortib.  
Boʻlub borgʻonda durri loyiqi toj,  
Vale qaytib nechukkim bahri mavvoj.  
Yonib gulshan agarchi gʻuncha borib,  
Koʻz ochquncha kelib, yumgʻuncha borib.  
Borib kelmokligi darki qilinmay,  
Burunmu bordi, yo keldi bilinmay.  
Ilohiy, bu nubuvvat toji haqqi,  
Aning bu sur’ati me’roji haqqi,  
Kim andoqkim tilab ummat gunohin,  
Sen etting afv alar fe’li tabohin.  
Navoiyni demay, bir benavoni,  
Oʻkush jurmu gunahgʻa mubtaloni  
Aning ummatligʻigʻa qobil ayla,  
Shafoat qilgʻon elga doxil ayla.  
Gar elga bahri gʻufroning havasdur,  
Chu ul xasdur, anga bir qatra basdur. 
[VI] 
Qalam vasfida bir necha qalam surmak va ul raqamkash ta’rifin raqamgʻa keturmakki, nazm 
kishvari savodin yakqalama qilib erdi va «Panj ganj»
(1)
 avroqigʻa gavharrosh raqami tortilib erdi 
va ul roqim bobida hamki munung xatti ma’nisin raqam-baraqam bildi, balki qalam-baqalam 
naql qildi. «Bayyazallohu taolo avroqa jaroyimiho»
(2)
 
Qalamkim rahnavardi teztakdur,  
Azaldin manzili favqul-falakdur.  
Magar vahm adhamidur tez raftor,  
Ne adham, jardai Shabdez
(3)
 raftor.  
Chiqib ustiga barmoq shahsuvori,  
Boʻgʻun belbogʻiyu tirnoq-uzori.  
Chorarda quyrugʻin aylab alam ul,  
Qulogʻidek ayogʻdin-bosh qalam
(4)
 ul.  
Dema Shabdez, bir qushdur xushovoz,  
Qanotsiz aylabon har sori rarvoz.  
Shaba minqoridin har sori zohir,  
Valekin ul shaba sochib javohir
(5)
.  
Ne qushkim, qushda yoʻq bu nav’ jismi,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin